Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir»



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/128
tarix19.12.2023
ölçüsü458,82 Kb.
#151584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

«Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir»
(Al-Isro surasi, 85-
oyat). 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
Va u Robboniy ajoyib bir ishdir, aksar aql va fahmlar uning haqiqatiga yetishda ojiz 
qoladi. 
Uchinchi lafz «nafs» bo‘lib, u ham bir necha ma’nolar o‘rtasida mushtarakdir. Ulardan 
ikki ma’no bahsimiz mavzuiga taalluqlidir. Birinchisi shuki, nafs, deganda insondagi 
g‘azab va shahvat quvvatini jamlovchi ma’no iroda qilinadi. Kelgusida buning batafsil 
sharhi keladi. Bu tasavvuf ahllariga g‘olib bo‘lgan ma’no bo‘lib, ular fikricha, nafs 
insondagi qoralangan sifatlarni jamlovchi asldir, ya’ni negizdir. Ular aytadilar: «Nafsga 
qarshi kurashish va mudom uni sindirishdan boshqa chora yo‘q». Payg‘ambar 
alayhissalomning mana bu so‘zlari ham bunga ishoradir: «Ichingdagi nafsing 
dushmaningning eng yomonidir» (Bayhaqiy rivoyati, sanadida mavzu’chilardan 
Muhammad ibn Abdurahmon bor). 
Ikkinchi ma’no - nafs yuqorida zikr etilganidek, bir ilohiy ne’matdir. Inson nafsi uning 
o‘zidir. Lekin u holatining turlanishiga qarab har xil sifatlanadi. Agar nafs Haq amriga 
bo‘ysungan holda shahvoniy hurujlarni yengishga qodir bo‘lsa, u nafsi mutmainna, ya’ni 
xotirjam-sokin nafs, deb nomlanadi. Alloh taolo aytadi: 
«Ey xotirjam-sokin jon, sen rozi bo‘lgan va rozi bo‘lingan holda Parvardigoring 
(huzuriga)ga qayt!»
(Val-fajr surasi, 27-28-oyatlar.) 
Endi nafsni avvalgi ma’nosi bilan oladigan bo‘lsak, uning Allohga qaytishini tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Chunki u Allohdan uzoq va shaytonning jamoasidandir. Agar nafsning 
sokinligi tom bo‘lmay, shahvoniy nafsga bir qarshi chiqib va bir yoqlab ikkilanuvchi 
bo‘lsa, u malomatgo‘y nafs, deb nomlanadi. Chunki banda Mavlosiga ibodat qilishda 
qosirlikka yo‘l qo‘yganida nafsi uni malomat etadi. Alloh taolo aytadi: 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə