Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/128
tarix19.12.2023
ölçüsü458,82 Kb.
#151584
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi



Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
1
IHYOU ULUMID-DIN
(Din ilmlarini jonlantirish) 
QALB AJOYIBOTLARINI SHARHLASH, NAFSNI TARBIYALASH, AXLOQNI 
TUZATISH VA QALB KASALLIKLARINI DAVOLASH HAQIDAGI KITOBLAR
Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliy
Toshkent 
«Movarounnahr» 
2006
QALB AJOYIBOTLARINI SHARHLASH KITOBI 
 
Muqaddima
Bismillahir rohmanir rohim. 
Allohga hamd bo‘lsin. U shundayin Zotki, Uning ulug‘ligini idrok qilish oldida qalblar va 
aql-idroklar hayratda bo‘ladi hamda Uning yorqin nurlarining avvalgi bosqichidanoq 
butun zamon hodisotlari va nigohlar dahshatga tushadi. U shundayin Zotki, sirlar 
berkitilgan joylardan xabardor va qalb ichiga yashirilgan narsalarni biluvchi hamda 
O’zining mulklari doirasida maslahatlashishdan va fikr almashishdan behojatdir. U 
qalblarni o‘zgartiruvchi, gunohlarni kechuvchi, ayblarni berkituvchi va qayg‘ularni aritib 
yuboruvchi Zotdir. Rasullar sayyidi, din shomilligining jamlovchisi va mulhidlar ortini 
kesuvchi Payg‘ambarga hamda u zotning toyyib va tohir oli-ashobiga ko‘plab salovot va 
salomlar bo‘lsin. 
Amma ba’d, insonning ulug‘ligi va fazilati shunday narsaki, u ana shu bilan Alloh 
tomonidan yaratilgan maxluqlar jumlasidan bo‘lgani holda Alloh subhanahu va taoloning 
ma’rifati uchun tayyorgarligi bilan yuksaldi. Allohning ma’rifati dunyoda insonning 
chiroyi, kamoli va faxridir, oxiratda esa tayyorgarligi va zaxirasidir. Albatta inson 
ma’rifat uchun biron a’zosi bilan emas, qalbi bilan tayyorgarlik ko‘radi. Qalb Allohni 
biluvchi, Allohga yaqinlashuvchi, Alloh uchun amal qiluvchidir. Allohga sa’y qiluvchi ham, 
Uning huzuridagi narsalarni va o‘zining oldidagi narsalarni kashf etuvchi ham qalbdir. 
Albatta boshqa a’zolar ergashuvchi, xizmatkor va xizmat asboblari, xolos. Go‘yo xoja 
qulini, boshliq qo‘l ostidagilarni va hunarmandlar asboblarini ishlatganlaridek, qalb 
boshqa a’zolarni ishga soladi. Allohning huzurida qabul qilinadigan narsa qalbdir. Agar u 
Allohdan boshqaga topshirilgan bo‘lsa, Allohdan boshqa narsalarga g‘arq bo‘lsa, bu holda 
u Allohdan to‘sib qo‘yilgandir. 
Talab qilinadigan ham, xitob qilinadigan ham, itob qilinadigan ham qalbdir. Agar u 
pokiza tutilsa, Allohga qurbat hosil qilish baxtiga erishib, natijada najot topiladigan va 
agar uni gunohlarga belab, iflos qilinsa, umidlar puchga chiqib badbaxt bo‘linadigan 
narsa ham qalbdir. Haqiqatan qalb Alloh taologa itoat qiluvchidir. Ibodat ta’siridan butun 
a’zolarga qalbning nurlari tarqaladi. Alloh taologa osiylik, itoatsizlik qiladigan ham 
qalbdir. Albatta a’zolarga xunuk ishlarning singishi uning ta’siridandir. Qalbning 
qorong‘ulik bilan ko‘rinishining xunukligi va yorug‘lik bilan ko‘rinishining chiroyi zohir 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə