Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/76
tarix01.03.2022
ölçüsü255 Kb.
#84245
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

27

Qo’y meni o’z holimga, etgin meni tark! 



Magar ey, nafsim! Barcha ishlarda bo’l sobit! 

Irodamni qil metinu mustahkam! 

Umidlarim ochilsin shul zahot! 

 

Ey nafs! Barcha ishlarda sobit va mustahkam bo’l! Metin irodada tur! 



 

Dangasaning nasibasi esa faqat nadomat chekish hamda ezgu umidlaridan mahrum bo’lishdan boshqa 

narsa emas. 

Ulug’ zotlardan naql qilinishicha, dangasalik insonga hayosizlik, ojizlik, aybu-nuqson keltiradi. 

Qancha hasrat va nadomat yog’iladi. Shuning uchun ham sen, gu-monli narsalar haqida bahs yuritishda 

dangasalik, erinishga yo’l qo’yma! 

 

Т

adqiqotlar ko’rsatdiki, dangasalik, erinchoqlik kabi illatlar, asosan ilm va ilm fazilati to’g’risida fikr 



yuritmaslik yoki bularni yig’ishtirib qo’yish tufayli hosil bo’lar ekan. Demak, talaba ilm hosil qilishda 

vazifalariga jiddiy yondoshishi va bardavomlikni mahkam ushlamog’i hamda ilmning fayzu 

futuhlarini, barakotlarini tafakkur qilib bormog’i zarur ekan. 

Buning uchun, albatta nafsini «qiynamog’i» kerak. Zero, ilm mana shunday mashaqqat, qiyinchiliklar 

bilan hosil bo’lgani uchun ham boqiy, u bebahodir. U hech kim o’g’irlab ololmaydigan, hiyonat qila 

olmaydigan tuganmas boylikdir. Mol-dunyo esa qancha mashaqqat bilan qo’lga kiritilsa ham, u foniy, 

ishlatilgan sayin kamayib boraveradi. 

 

Hazrati Ali ibn Abu 



Т

olib (karamallohu vajhahul karim) aytadilar: 

-Qudrat va hikmat egasi Alloh taoloning foydamizga qilgan taqsimiga rozimiz, shukr qilamiz, 

minnatdordirmiz! Haqtaolo bizga ilmni, dushmanlarimizga mol-dunyoni taqsimlab berdi. Mol-dunyo 

tez fursatlarda yo’q va nomnishonsiz bo’lur. Ilm esa boqiy qoladi. Chunki, ilmni Alloh taolo bersa, uni 

hamishalik qilib beradi. Foydalik ilm tufayli insonga xayrli yodnoma, yaxshilikda boqiy nom qoladi. 

Zero, ilm barcha fazi-latlari bilan abadiy bir hayotdir. 

 

Imomlar rahnamosi, ulug’ shayxul islom Zahiriddin, muftiy va Marg’inoniy nomi bilan mashhur, haz-



rat Hasan bin Ali (a.r.) bir bayt aytganlar: 

 

Ilm olimni har olamda hayot aylar, 



Ilmsizlik bu olamda-yoq o’lik aylar. 

 

Johilu nodonlar o’lmaslaridan ilgari o’lgandirlar. Ular tirikliklarida o’likdirlar, Olimlar hayotdan 



o’tsalar ham hayotdirlar. Ular ilm karomati ila barhayot bo’ldilar. 

Shayxul islom, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy (a.r.) hazratlaridan bir bayt: 

 

O’lmay turib murdadir, johilu nodon, 

Chun ilmni qalbga shifo deyurlar hamon. 

 

Shuning uchun ham, jasadlari qabrga kirmasdan ilgari qorong’u qabrdir. Ularni ichlari zulmatdir. Zero, 



inson ilmu bilik bilan tirilmagan ekan, u mayyit, tirik bo’lsada, murdadir. 

Ilm sohibi esa tirikdir, vafotidan so’ng ham hayotdir. Jasadi tuproq ostida chirib ketsa ham, ilmi bilan 

boqiydir. 

Т

urli johillar o’zlarini tiriklardan sanab, yer yuzida yuribdilar. .Afsuski, ular ilmsizlik bilan 



murda ekanlarini bilmaydilar. 

 



Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 




Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə