Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/76
tarix01.03.2022
ölçüsü255 Kb.
#84245
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76
Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

58

javob berolmaysan yoki noo’rin harakatlarga yo’l qo’yasan. Shunda obro’ying to’kiladi, qadring 



qolmaydi. Sulton va boshqa amaldorlarning nazaridan qolasan. 

 

Agar sulton hazratlari biron amalni, mansabni taklif qilsalar, faqat din va mazhabingizga foyda, ustoz 



va mazhabingiz rozi bo’lishini bilsangiz qabul qiling. Bunday bo’lmasa, albatta qabul qilmang. 

 

Ilm va hukmlaringiz mazhabingizga rioya qilmog’iga jiddi-jahd ko’rsating va shungagina rozi bo’ling! 



Т

oki, hukm deb, boshqa mazhab va ilmlarga murojaat qilishiga majbur hamda ehtiyoj tug’dirmaslikqa 

harakat qiling. Saroydagi va boshqa mansabdorlar bilan bog’lanib turishdan ehtiyot bo’ling! Balki, 

zarurat bo’lsa, Sulton hazratlarining o’zi bilan yaqin munosabatda bo’ling! U bilan aloqangiz 

mustahkam bo’lsa, atrofidagi barcha zotlardan uzoq bo’ling! Shunda e’tiboringiz, tinchlik, 

farovonligingiz boqiy bo’ladi. 

 

Ko’pchilikni ichida faqat so’ralgan masalaga javob ber! Ommani huzurida turganingda ko’p 



gapirishdan saqlan! Savdogar ahli, hamda xalq ommasi har qanday so’z, masalani birdan uzoqlarga 

yetkazadilar. 

 

Seni olim va omil deb, e’tiqod qiladilar va har bir aytgan irshodingni diqqat bilan quloq tutib amal 



qiladilar. Kerak bo’lsa, bilganlaricha tekshiradilar. Ko’p gap ixtiloflar manbaidir. Shuning uchun ko’l 

gapirish va ixtiloflik masala hal qilishdan saqlan! 

 

Ko’pchilik ichida faqat ilmu ma’rifat bilan omma-bop ilmiy so’zlagin! Muomalang va harakatlaryngda 



mol-dunyo muhabbati borligiga ishora qilma! Agar bunga yo’l qo’ysang, sen haqingda turli yomon 

fikrlar paydo bo’lishiga sabab chiqadi. Pora olishga mayli bor,- deb o’ylashlari yoki seni ham poraxo’r 

deb o’ylashlari mumkin. 

 

Biron jamoatga hozir bo’lsang, ovoz chiqarib kulish, hatto tabassum qilishdan ham saqlangin! Chunki, 



seni mutakabbir, mansabi, ilmi bilan gerdaygan, o’zini katta oladigan kishi ekan, deb o’ylashlari 

mumkin. 


 

Bozorlarga borishlikni ko’paytirma! Faqat zarurat bo’lganda, shunda ham iloji bo’lsa, boshqa kishining 

chi-qib kelishini iltimos qil. 

 

O’smir, yosh yigitchalar bilan ko’p gaplashma! Zero, ularda fitna bordir. Ammo yosh bolalar bilan 



gaplashmoq, hatto boshlarini silab erkalashni zarari yo’qdir. Chunki, ularning beg’ubor qalblari, 

samimiy qmliqlari insonni yaxshilikka, mehr-shafqatga undaydi. Lekin bu amalning asli sunnat ekani 

ma’lumdir. 

 

Ey, shogird! Katta ko’cha, gavjum joylarda hamda shahar yoki qishloqning kattalari bilan birga 



yurishdan saqlan! 

 

Agar hurmat qilib, oldingga o’tkazib yursang, 



Х

udo bergan ilmni xor qilgan bo’lasan. Ilmu irfonningni 

aybga jalb qilasan! Agar ularning oldiga tushib yursang, unda o’zingni aybu nuqsonga jalb qilasan. 

Ulug’ yoshlari, mo’’tabar mansablarini, izzatlarini nazarga olmagan bo’lasan. Bu bilan o’zingni xor 

qilasan. 

 

Janob Rasululloh (s.a.v.): 



kichiklarimizga rahm-shafqat qilmaydigan va kat-taparimizni hurmat qilmaydigan kishi bizdan 


Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 




Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə