Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/76
tarix01.03.2022
ölçüsü255 Kb.
#84245
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76
Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

59

emasdir,- deb ogohlantirganlar. 



Ko’chada o’tirma! Zarurat bo’lsa, masjidda o’tir! 

 

Ey, o’g’lim! Bozor va masjidlarda taom tanovul qil-magin! Shuningdek, ko’chalarda ham ovqatlanma! 



Joylarda sotilayotgan ichimlikni, ichimlik sotuvchilar qo’lidan ham ichmagin! Bundan saqlanish 

o’zingga foydadir. 

 

Ey, farzand! Yana bir nozik muhim ishni bilib olgin! Rasta vataom tanovul qilishga mo’ljallangan xon-



taxta (stol) ustiga o’tirma! 

 

Ipak matoli turli harir hamda yaltir-yultir kiyimlarni kiyishdan saqlan! Chunki, bu kiyimlar erkaklarga 



yarashmaydi. Hulq-atvorlarini bachkana bo’lishini va ayollar tabiatiga moyillikni keltiradi. (Shubhasiz, 

turli taqinchoklar -uzuk, zanjirlar, hatto soatni ham ziynat uchun taqsa, mazkur xislatlar egasi bo’lib 

qolganini o’zi ham bilmay qoladi.) 

 

Ey, farzand! Ahli ayoling bilan uyda va bir o’rinda bo’lganingda ko’p gaplashma! Faqat zarurat 



vaktida, shunda ham zarurat miqdoricha bo’lgani ma’kuldir. 

 

Ko’p yaqinlik qilishdan, uni hadeb bag’ringga bosishdan saqlan. Unga yaxshi niyat bilan, Allohni yod 



etib «bismillah» deb yaqinlash. 

 

Ahli ayoling bilan bo’lganda boshqa ayollar to’g’risida hech gapirma! 



Х

atto o’z cho’risi va 

boshqalarning cho’rilari haqida ham gap ochma. 

 

Qaytar dunyo, deydilar. Begona ayollarni gapirganingda, ayoling ham begona erkaklar to’g’risida 



gapirishi mumkin. 

 

Agar qodir bo’lsang, zinhor beva, erdan ajragan yoki yolg’iz otasi va yoki onasi bilan qolgan yoki 



farzandlari bo’lgan ayolga uylanma. Agar uni xotinlikka olsang, shu yaqinlaridan birontasi uyga 

kelmasligi sharti bilan uylan. Chunki, agar xotin boy-badavlat bo’lsa, ota-onasi bu mollar bizniki, deb 

da’vo qiladilar. 

 

Mol-dunyo qo’lning kiri, vaqtinchalik beriladigan, tezda sarf bo’lib ketishga mahkum narsadir. Uni 



deb qancha asabing va obro’ying ketadi. 

 

Imkon qadar qaynotangni uyiga bormagin va albatta, ichkuyov bo’lishga rozi bo’lmagin! Agar 



ichkuyov bo’lsang, ular molingni olib, yana topganingga tama qiladilar. Oldingi turmushidan farzand 

orttirgan ayol bilan turmush qurishdan saqlan! Chunki, hech sir emas, bu ayol mol-dunyoni bolalariga 

ajratib to’playdi, hatto seni mollaringni ham o’g’irlashga beradi. Shu bilan topganlarini hammasini 

bolalariga infoq qiladi va senga ko’pincha ahamiyat ham, vaqt ham ajratmaydi. Molingga unda vafo 

topishing juda mushkul bo’ladi. Negaki, uning bolasi sendan ham, molingdan ham ko’ra aziz, 

qadrlirokdir. 

 

Ey, o’g’lim! Dunyo gam-tashvishlaridandapos bo’lishing Uchun, zinhor bir hovlida ikki xotin (ikki 



ro’zg’or) bilanturma! Ularning hovlisi ham, kirib-chiqadigan eshiklari ham boshqa-boshqa bo’lsin! 

Agar hojatlarini ado etishga qodir bo’lishingga ishonsang, buning uchun kasb-hunar, sarmoyang 

bo’lsa, keyingilarini xotinlikka olgin. Yo’qsa, bittasi bilan kifoyalan! 

 



Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy 

 

 




Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə