Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114
iqtisodiy statistika

iqtisodiyotni tashkil etadilar.
Demak, milliy iqtisodiyotning eng quyi hamda eng asosiy pog‘onasida xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar deb ataluvchi: korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xo‘jaliklar 
(dehqon, fermerlar), firmalar va shu kabilar tashkil etadi. Ularning tegishli mol-mulki 
bo‘lib, ulardan foydalanib, daromad oladilar. Bunday iqtisodiy faoliyat yurituvchi 
sub’ektlar ma’lum hududlarda joylashgan bo‘ladi. Mamlakat ichki iqtisodiyotining 
gorizantal tarzda o‘rgansak, u ma’lum bir hudud: xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, tuman, 
viloyat, iqtisodiy rayonlar – iqtisodiyotlaridan tashkil topadi. Statistika 
iqtisodiyotning hududlar bo‘yicha holati, joylanishi va rivojlanishini o‘rganib borishi 
lozim.
Iqtisodiy faoliyat yurituvchilarni vertikal tarzda ko‘rib chiqsak, ular bir turdagi 
yoki bir-biriga o‘xshash turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar (xizmat 
ko‘rsatuvchilar) birlashib, uyushma, birlashma, konsern, korporatsiya kabi 
uyushmalarga birlashgan. Keyinchalik ular iqtisodiy tarmoqlarini, kichik tarmoqlarni 


18 
(tarmoq osti tarmoqlarini) tashkil etadi. Korxonalar (xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar) va 
tarmoqlar iqtisodiyoti mikroiqtisodiyot deb yuritiladi. Tarmoqlarning holati hududlar 
bo‘yicha joylanishi va rivojlanishi statistika ob’ekti hitsoblanadi. Demak, bo‘lim, sex, 
korxona, firma, muassasa, tashkilot, xullas iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’ektlar, 
tarmoqlar iqtisodini mikroiqtisodiy statistika o‘rganadi. 
Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tarmoqlarda yaratilgan (ishlab 
chiqilgan) mahsulotlar va xizmatlar yig‘indisi yalpi ishlab chiqarish deyiladi. Bu 
mahsulot va xizmatalrning bir qismi tovar sifatida sotilmasdan (bozorga 
chiqarilmasdan) ushbu korxonaning o‘zida iste’mol qilinadi. Masalan: chorvachilikda 
sog‘ilgan sutning ma’lum qismi, buzoqlarga berish uchun qoldirilishi mumkin. Ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning sotish uchun bozorga taklif etiladigan qismi (katta qismi) 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə