Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


Milliy mahsulotning doimiy aylanishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114
iqtisodiy statistika

Milliy mahsulotning doimiy aylanishi 
Iste’mol 
Mahsulot ishlab chiqarish 
Ayirboshlash 
Taqsimlash 


17 
Milliy mahsulotning doiraviy aylanishda asosiy bo‘g‘in mahsulotlarni ishlab 
chiqarishdir. Mahsulot ishlab chiqarish barcha omillar ta’sirida bo‘lgan 
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga bog‘liqdir. Insonlarga faqat oziq-ovqat, kiyim-
kechak kerak bo‘lmasdan, ularning sog‘ligini ta’minlovchi sog‘liqni saqlash 
muassasalari, ta’lim olishi uchun maktab, o‘quv yurtlari, dam olish uchun madaniy-
maishiy (kino, teatr, kitob-jurnallar, muzika, hammom va shu kabilar) 
muassasalarning xizmati ham zarur bo‘ladi. Demak, ishlab chiqarish tarmoqlari bilan 
bir vaqtda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi barcha korxona, tashkilot, firmalar, xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar hisoblanadi. Bu sub’ektlar iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, 
takror ishlab chiqarish jarayonining qatnashchilaridir.
Ishlab chiqarish – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga bo‘linadi.
Moddiy ishlab chiqarish – moddiy buyum shakliga ega bo‘lgan 
predmetlardir. Ularga oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar, mashina, asbob-uskunalarni 
ishlab chiqaruvchi korxonalarni (sub’ektlarni)kiritish mumkin. Bunday mahsulotlar 
bozor munosabatlari sharoitida oldi-sotdi muomalasi orqali almashib, tovar sifatida 
namoyon bo‘ladi. Tovarlar iste’mol talabiga ega bo‘lishi lozim. Ular to iste’molchiga 
sotilmaguncha ma’lum muddatgacha saqlanadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasiga 
sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish tarmoqlarini kiritish mumkin.
Nomoddiy ishlab chiqarish – moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, ammo zarur 
bo‘lgan turli xizmat ko‘rsatish faoliyatlari hisoblanadi. Masalan: shifokor – insonning 
salomatligini yaxshilaydi, o‘qituvchilar-o‘quvchilarga bilim beradi, xullas transport, 
aloqa, madaniy-maishiy xizmatlar zarur. Xizmatlar ko‘pincha shunga ehtiyoj 
bo‘lganda bevosita iste’molchiga ko‘rsatiladi. Demak, xizmatlar ko‘rsatish o‘ziga xos 
bo‘lib, bu yerda takror ishlab chiqarish jarayoni (ishlab chiqarish, taqsimlash, 
ayirboshlash va iste’mol) bir vaqtning o‘zida, juda tez amalga oshmoqda. Bozor 
munosabatlari sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasi keng taraqqiy etib, yuqori sifat 
darajasiga ko‘tariladi.
Mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar juda ko‘p bo‘lib, ularning bir-biri bilan uzviy 
bog‘liqlikda, doimo iqtisodiy munosabatda bo‘ladilar va mamlakat miqyosida milliy 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə