Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


I. Nomoliyaviy korxonalar sektori



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
iqtisodiy statistika

I. Nomoliyaviy korxonalar sektori moliyaviy tashkilotlardan tashqari, 
barcha tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar 
(institutsion birliklar) kiradi. ular o‘z mahsulotlarini sotib, xizmat haqi olib, faoliyati 
davomida qilgan harajatlarini qoplab, ma’lum darajada daromad olib iqtisodiy 
faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bu sektorga mulk shaklidan qat’iy nazar barcha 
qishloq xo‘jaligi korxonalari, firmalarni, zavod va fabrikalarni, transport va boshqa 
shu kabi faoliyat yurituvchi institutsion birliklarni kiritish mumkin. Bu sektorga 
kiruvchi birliklar quyidagi quyi (kichik) sektorlarga bo‘linadi: 
1.1. Davlat sektori. 
1.2. Nodavlat (xususiy) sektor. 


12 
1.3. Chet el firmalari 
II. Moliyaviy korporatsiyalar (tashkilotlar) sektoriga moliyaviy vositachilik 
va sug‘urta operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni birlashtiradi. Demak bu 
sektorga tajorat banklari marakaziy bank, sug‘urta tashkilotlari, qarz beruvchi 
jamiyatlar (kredit uyushmalar) va shu kabi muassasalar kiradi. Bu sektorga 
kiruvchilar pul, valyuta mablag‘larini saqlash, moliya resurslarga talab bo‘lganlarga 
qarz berish (ma’lum daromad olish hisobi bilan) qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish. 
ularning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishdan iborat.
Markaziy bank vazifasiga ko‘ra boshqa moliyaviy birliklardan farq qiladi. 
O‘zbekiston Respublika Markaziy banki milliy valyutani emissiya qiladi va uning 
barqarorligini ta’minlaydi, mamlakatda hisob-kitob ishlari ustidan nazorat olib 
boradi, pul-kredit siyosatini amalga oshiradi va mamlakatning oltin-valyuta zahirasini 
(fondini) saqlaydi.
Sug‘urta tashkilotlari iqtisodiyotning turli sohalarida ko‘zda tutilmagan 
yo‘qotishlarni sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. Ular o‘z faoliyatlarini sug‘urta 
badallari va bo‘sh mablag‘lardan foydalanish bilan yuritadilar.
III. Davlat boshqaruv idoralari sektoriga hokimiyat, sud, prokuratura, 
mudafaa, militsiya, maorif, madaniyat va shu kabi davlat byudjeti tomonidan 
moliyalashtirish (davlat qaramog‘idagi) davlat idoralari va tashkilotlari kiradi. 
Ularning asosan vazifalari mamlakatning xavfsizligini, aholining tinchligi va 
asoyishtaligini, qonunlarga amal qilinishini ta’minlaydilar. Demak davlat boshqaruv 
idoralari sektoriga kiruvchi birliklar, nobozor xizmatlar ko‘rsatib, ularning asosiy 
maqsadi daromad olish emas. 
IV. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat nodavlat tashkilotlar 
sektoriga aholining individual va jamoa talabini qondirish uchun bozordan tashqari 
(nobozor) xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi (institutsion birliklar) kiradi. 
Ularga turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar va turli ilmiy-
madaniy jamiyatlarni kiritish mumkin. Bu tashkilotlar mablag‘lari asosan jamiyat 
(tashkilot) a’zolari badallari, aholi va boshqalar bergan ixtiyoriy tushumlardan,
xayriyalardan tashkil topadi. Ular faoliyatlarining boshqalardan asosiy farqi, 
faoliyatlarining asosiy maqsadi daromad olish emas (notijorat harakterga ega), 
faoliyati davlat va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirilmaydi.
V. Uy xo‘jaligi sektori aholi va aholi guruhlarini (oila a’zolari) – 
daromadlarini birgalikda tasarruf etuvchilarni o‘z ichiga oladi. Ular ishlab chiqarilgan 
mahsulot va xizmatlar iste’molchilari, hamda ishchi kuchini yetkazib beruvchilar 
hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotida faoliyat yurituvchi yuqorida qayd qilingan 5 
sektorga guruhlangan institutsion birliklar chet el rezidentlari bilan ham operatsiyalar 
amalga oshiradi. Ularning chet el rezidentlari bilan iqtisodiy munosabatlarini jamlash 
uchun MHTda tashqi dunyo sektori mavjud. Tashqi dunyo sektoriga mamlakat 
rezidentlari va norezidentlarining tovar va xizmatlar, aktiv va passivlar, investitsiya 
va kreditlar, daromadlar bo‘yicha chet el birliklari bilan bo‘ladigan iqtisodiy 
munosabatlari kiradi. MHTdagi sektorlar tasnifi qo‘yidagi jadvalda keltirilgan.
Umuman faoliyat yurituvchi institutsion birliklarni mulk shakllari, hududlar 
(faoliyat yuritgan), iqtisodiy sektorlar bo‘yicha tasniflash va guruhlash mamlakat 


13 
iqtisodiyotini makrodaraja o‘rganishga, tarmoqlarning hududlar bo‘yicha joylanishi 
va rivojlanishini, kelgusi rejalarni tuzishga yordam beradi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə