Tarmoq xavfsizligi fanidan mustaqil ish



Yüklə 44,58 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü44,58 Kb.
#183455
  1   2   3   4   5   6   7   8
v12 Mustaqil ish - Rajabov Shamshod


MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLAGIYALARI UNIVERSITETI

TARMOQ XAVFSIZLIGI FANIDAN

MUSTAQIL ISH
MAVZU: Kiberxavfsizlik sohasiga oid qonun hujjatlari tahlili
072-20 GURUH
BAJARDI: RAJABOV SHAMSHOD
1.Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimlarining ajralmas qismidir. Iqtisodiyot tarmoqlarining o'zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. 2022 yilga kelib dunyo YaIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga to'g'ri kelishi prognoz qilinayotgan bir sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili — mamlakat kiberxavfsizligini ta'minlashdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo'nalish doirasida mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro'yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasining normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish belgilangan. Xususan, 2020 — 2023 yillarga mo'ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiyani, “Kiberxavfsizlik to'g'risida” gi qonun loyihasini hamda O'zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqish belgilandi.
Prezidentning 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida Kiberxavfsizligi markazi tashkil etildi.
Ta'kidlash joizki kiberxavfsizlik sohasiga tegishli bo'lgan 17 ta qonun hujjati, 9 ta Prezident Farmon va Qarorlari, 14 ta Vazirlar Mahkamasining Qarori, shuningdek tegishli normalar va ko'plab idoralararo me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Ochiq ma'lumotlarga ko'ra 2019 yilda «UZ» milliy domen zonasida ro'yxatdan o'tgan domenlar soni 74 mingtadan oshdi. Xususan, Adliya vazirligiga O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (Lex.uz) va Davlat xizmatlari portali (Davxizmat.uz) singari yirik axborot resurslari tegishli.
Ma'lumot uchun: Kiberxavfsizlik bo'yicha xalqaro global reyting ABI Research va XEI ning qo'shma loyihasi bo'lib, indeks davlatlarning kiberxavfsizlik sohasidagi ishtiroki darajasini baholash imkonini beradi. Bunda majburiyatlar darajasi besh sohada baholanadi: huquqiy choralar, texnik choralar, tashkiliy choralar, salohiyatning rivoji va xalqaro hamkorlik. Kiberxavfsizlik bo'yicha global reytinglarda 2020 yil sarhisobiga ko'ra O'zbekiston Milliy kiberxavfsizlik indeksi (National Cyber Security Index) da 90 o'rinda, Global kiberxavfsizlik indeksi (Global Cybersecurity Index) da 52 o'rinda, AKT rivojlanganlik indeksi ( ICT Development Index) da 95 o'rinda.
Karantin sharoitida global tarmoqda koronavirusdan saqlanish bo'yicha ko'rsatmalar yorlig'i ostida dasturiy tizimlarni ishdan chiqaruvchi viruslar tarqatish holatlari uchradi. Xorijda dori-darmonni onlayn sotish va yetkazib berishni va'da qilib, oldindan pullarni hisob raqamiga o'tkazishni so'rab, sodda odamlarni aldab ketayotgan moliyaviy firibgarlar soxta onlayn-do'konlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va elektron pochta manzillaridan foydalanishdi. Bu ham axborot xavfsizligini ta'minlash zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi.
“Kiberxavfsizlik markazi” tahlillariga ko'ra, 2019 yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to'g'ri keladi.

Yüklə 44,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə