Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Milliy mahsulot va daromadlarning doiraviy aylanmasi makro-mikroiqtisodiy



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
iqtisodiy statistika

2. Milliy mahsulot va daromadlarning doiraviy aylanmasi makro-mikroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar tizimining asosi. 
Jamiyat insonlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq. Insonlar yashashi va faoliyat 
yuritishlari uchun moddiy ne’matlar zarur. Ularni insonlarning o‘zi ishlab chiqaradi. 
Insonlar ovqatlanib, o‘z kuchini saqlashi, issiq-sovuqdan saqlanishi uchun juda ko‘p 
miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq ovqat buyumlari kerak bo‘ladi. 
Insonlar ma’lum bir hududda yashaydilar. Bu hududlarnng tabiiy sharoiti, tabiiy 
boyligi, iqtisodiy rivojlanishiga bog‘liq ravishda ma’lum turdagi mahsulot va 
buyumlarni ishlab chiqarish ko‘proq shug‘ullanadilar. Demak, hududlar bo‘yicha 
mehnat taqsimoti vujudga kelib, bu hududlarda ishlab chiqarilgan mahsulot va 
buyumlar iste’molchilarga yetkazish uchun taqsimlanadi. Insonlarning ehtiyoji ham 
turlichadir. Shuning uchun ham ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumlar taqsimlash 
jarayonidan o‘tar ekan.
Iste’molchilarga yetkazilgan tovarlar ayirboshlanadi. Bunda dastlab biror 
mahsulot unga teng bo‘lgan mahsulotga (tovarga) almashtirilgan. Bir tovarni 
(mahsulotni) bevosita ma’lum miqdorlarda boshqa tovarga (mahsulotga) ayirboshlash 
barter deb ataladi. Barter iqtisodiy munosabatlarning eng oddiy usulidir. Insoniyat 
jamiyatining dastlabki rivojlanishida mahsulot bilan mahsulot almashtirilgan, hozirgi 
paytda barter inflyatsiya juda yuqori bo‘lib, pul qadrsizlangan va oldi sotdi tovar 
muomalasi izdan chiqqan paytlarda qo‘llanilishi mumkin. 
Bozor munosabatlari sharoitida tovarlarni ayirboshlash oldi-sotdi muomalasi 
bilan pul vositasida amalga oshiriladi.
Tovarlar oldi-sotdi muammolari naqd pulsiz (to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov 
talabnomasi, akkreditiv va boshqa tularini – boshqa fanlardan o‘rgatiladi) va naqd pul 
bilan amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar (tovarlar) oraliq iste’mol, jamoa va aholi 
iste’moli bilan ishlatiladi. Shunday qilib, mahsulotlarni ishlab chiqarish, taqsimlash
ayirboshlash va iste’mol qilish doimo takrorlanib turadi. Bu takrorlanish 
kengaytirilgan va takomillashgan takroriy ishlab chiqarish bo‘ladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə