Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114
iqtisodiy statistika

tovar mahsulotni tashkil etadi.
Boshqa mahsulotlarni tayyorlash uchun ishlatilgan mahsulotlar va 
xizmatlarning qiymati oraliq iste’molni tashkil etadi. Mamlakat miqiyosida bozorda 
sotish uchun tayyorlangan, pirovard (oxirgi) iste’mol uchun ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar va xizmatlarning bozor bahosidagi yig‘indisi yalpi ichki mahsulotni 
tashkil etadi. Bu muhum iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy 
rivojlanish darajasini bildiradi.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun sharoit (binolar), asbob-uskunalar, xom 
ashyolar kerak bo‘ladi. Binolarning, asbob-uskunalarning, transport vositalarining 
turli-tuman va juda ko‘p ekanligini tasavvur qilamiz. Ularni umumlashtirib – asosiy 
vositalar (ayrim kitoblarda: asosiy kapital, asosiy fondlar) deyiladi. Faqat asosiy 
vositalar bialn mahsulot ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Kerakli turda xom ashyo, 
materiallar zarur, omborlarda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar, savdo 
do‘konlarida – tovarlar mavjud. Ularning puldagi qiymatini aylanma mablag‘lar 
(ayrim adabiyotlarda – aylanma fondlar, joriy aktivlar) deb ataladi. Bundan tashqari 
mamlakatda madaniy-ma’rifiy boyliklar ham bo‘ladi. Masalan:Samarqandda jahon 
madaniy xazinasidan joy olgan Registon (Tilla-kori, Ulug‘bek, Sherzod) madrasalari 
mavjud. Mamlakatdagi foydalanishda bo‘lgan tabiiy qazilmalari, asosiy vositalar, 
aylanma mablag‘lar, madaniy-ma’rifiy xazinalar uy xo‘jaligi mulklari mamlakat 
milliy boyligini tashkil etadi.
3. Makro-mikroiqtisodiy statistika fanining 
ko‘rsatkichlar tizimi 
Iqtisodiyotni makrodarajada o‘rganish uchun makroiqtisodiy statistika 
quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanadi: 

aholi va mehnat resurslarining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar; 

ishlab chiqarish salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; 

iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy samaradorlikni ifodalovchi umumlashtiruvchi 
ko‘rsatkichlar; 

milliy boylikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar; 

tashqi iqtisodiy aloqalarni tavsiflovchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. 


19 
Bu ko‘rsatkichlar tizimi mamlakatni yaxlit holda ijtimoiy-iqtisodiy holatini, 
iqtisodiy samaradorlik natijasini, tashqi iqtisodiy aloqalar darajasini hamda iqtisodiy 
rivojlanish imkoniyatlarini ko‘rsatib (aks ettirib) beradi. Makroiqtisodiy statistikaning 
ko‘rsatkichlar tizimi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Masalan: milliy iqtisodiyotni 
rivojlantirish rejalari tuzilsa (ko‘rsatkichlar tizimi) – rivojlanishning samaradorlik 
natijalari ko‘rsatkichlari ham o‘rganiladi va tuziladi. Ko‘rsatkichlar tizimi ilmiy 
prinsiplarga, muhim qoidalarga asoslangan bo‘lishi lozim. Makroiqtisodiy statistika 
ko‘rsatkichlari tuzilishi va hisoblash uslubiyati bo‘yicha xalqaro statistika 
amaliyotida qabul qilingan standart talablariga mos bo‘lishi kerak. Makroiqtisodiy 
statistika qo‘llanadigan tizimlar ko‘p qirrali va pog‘analidir. Bu ko‘rsatkichlar tizimi 
gorizantal tarzda ham, vertikal tarzda ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda.
Makroiqtisodiy statistika ko‘rsatkichlarining ko‘p qirrali bo‘lish zaruriyatini 
iqtisodchi olim Yo.Abdullayev quyidagicha (Yo.Abdullayev – Mikroiqtisodiy 
statistika. T., Mehnat, 1998 y. 21-bet) tasvirlagan.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə