Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 – jadval  Aholining 1000 kishi hisobiga



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114
iqtisodiy statistika

3 – jadval 
Aholining 1000 kishi hisobiga 
Yillar 
Tug‘ilgan 
lar soni 
ming 
kishi 
O‘lganlar 
soni ming 
kishi 
Aholining 
tabiiy 
o‘sishi 
ming kishi 
Tug‘il 
ganlar 
soni 
O‘lgan 
lar soni 
Aholining 
tabiiy o‘sishi, 
kishi 
1980 
540,0 
118,9 
421,1 
33,9 
7,5 
26,4 
1990 
691,6 
124,5 
567,1 
33,7 
6,1 
27,6 
2000 
532,1 
135,2 
397,9 
22,1 
6,1 
16,0 
2002 
532,5 
137,0 
396,5 
21,0 
5,4 
15,6 
2004 
540,4 
130,4 
410,0 
20,8 
5,0 
15,8 
2005 
538,0 
139,0 
399,0 
20,5 
5,3 
15,2 
2006 
555,9 
139,6 
416,3 
20,9 
5,3 
15,6 
2007 
603,7 
140,1 
463,6 
22,4 
5,2 
17,2 


28 
Aholining hayotiyligi koeffitsienti tug‘ilganlar sonini shu davrda o‘lganlar 
soniga nisbati bilan topiladi. Bu ko‘rsatkich tug‘ilganlar o‘lganlardan necha baravar 
ko‘p degan savolga javob beradi. 
Tug‘ilganlar soni 
Xk = ------------------------------ 
o‘lganlar soni 
Hayotiylik koeffitsientini tug‘ilish koeffitsientini o‘lish koeffitsientiga bo‘lib 
ham topiladi; bunda natija 1 dan katta bo‘lsa. 
(
Ук
Тк
> 1 dan) aholida tabiiy o‘sish bo‘lgan, agarda
1 dan kichik bo‘lsa (
Ук
Тк
< 1 dan) aholining tabiiy kamayishi sodir bo‘lgan. 
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Respublika aholisi tabiiy 
ravishda har yili 450-500 ming kishiga ko‘paymoqda. 
Keyingi yillarda har bir 1000 kishiga tug‘ilganlar ham, o‘lganlar soni ham 
kamayib bormoqda. Tug‘ilganlar sonining kamayishi qishloq aholisining kamayib 
borishi, ayollarning ijtimoiy hayotga faol aralashuvi va boshqa omillarga bog‘liq. 
Mamlakatimizda o‘limning kamayishi esa, Respublikamizda sog‘lom avlodni 
tarbiyalash, onalar sog‘ligini mustahkamlash bilan bog‘liq ishlarning natijasidir. 
Aholining mexanik harakati migratsiya natijasida bo‘ladi. «Migratsiya» 
lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘chib yurish» ma’nosini anglatadi. Aholi 
mamlakat miqyosida ham bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib borishi mumkin. Bunday 
aholining harakati ichki migratsiya hisoblanadi. Keyingi yillarda aholi juda zich 
joylashgan Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan cho‘lni o‘zlashtirish maqsadida Sirdaryo 
va Jizzax viloyatlariga ko‘chib kelishdi. Aholining ichki migratsiyasi mamlakat 
bo‘yicha aholi soniga ta’sir etmaydi, faqat ayrim hududlar uchun ta’siri bo‘ladi. 
Aholining mamlakatdan boshqa joyga (chet elga) ko‘chib ketishi yoki chet 
eldan kelishi xalqaro migratsiya hisoblanadi. Bunda aholining mutloq mexanik 
o‘zgarishi ko‘chib ketganlar va ko‘chib kelganlar o‘rtasidagi farqga bog‘liqdir. 
Agarda mamlakatga ko‘chib kelganlar (kk), shu davrda ko‘chib ketganlardan (kt) 
ko‘p bo‘lsa, (kk >kt) mexanik o‘sish bo‘ladi. Agarda ketganlar (kt) soni, ko‘chib 
kelganlar (kk) dan ko‘p bo‘lsa, mutloq mexanik kamayishni aniqlashimiz mumkin. 
Aholi mexanik harakatining nisbiy quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Kelganlar 
koeffitsienti (kK) boshqa joylardan ushbu aholi punkitiga doimiy yashash uchun 
ko‘chib kelganlar sonini 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha soniga bo‘lamiz.
ko‘chib kelganlar soni x 1000 
KKk = ----------------------------- ----- 
aholi o‘rtacha soni 
Ketganlar koeffitsienti (KTk) – ushbu aholi punkitidan boshqa joyga doimiy 
yashash uchun ko‘chib ketganlar sonini 1000 ga ko‘paytirib aholining o‘rtacha soniga 
bo‘lamiz. 
ko‘chib ketganlar soni x 1000 
KTk = ----------------------------- ----- 
aholi o‘rtacha soni 


29 
Aholining mexanik harakat koeffitsienti doimiy yashash uchun ko‘chib 
kelganlar va ko‘chib ketganlar o‘rtasidagi farqni 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha 
soniga bo‘lish bilan topiladi. 
Agarda ko‘chib kelganlar soni ko‘chib ketganlar sonidan ko‘p bo‘lsa, unda 
mexanik o‘sish koeffitsienti aniqlanadi. 
(kk – kt) x 1000 
Muk = -------------------------; bu yerda 
aholi o‘rtacha soni 
Muk 

aholining mexanik o‘sish koeffitsienti. 
Agarda ko‘chib ketganlar soni, ko‘chib kelganlar sonidan ortiq bo‘lsa, unda 
mexanik kamayish koeffitsientini (MKk) aniqlash lozim. 
(kt – kk) x 1000 
MKk = ------------------------- ;
aholi o‘rtacha soni 
Har bir hudud miqyosida aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishi natijasida, 
aholi sonining istiqboli aniqlanadi. Hududlar xo‘jaligi tarmoqlarini joylashtirish
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish rejalarni belgilashda foydalaniladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə