Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
iqtisodiy statistika

 
 
 
 
 
 



Mavzu II. MAKROIQTISODIY STATISTIKADA QO‘LLANILADIGAN 
GURUHLASH VA TASNIFLASHLAR 
Reja: 
 
1.
Iqtisodiy faoliyat turlarini mulk shakllari, ma’muriy va iqtisodiy hududlar 
bo‘yicha tasniflash. 
2.
Iqtisodiy faoliyat turlarini tarmoqlar bo‘yicha tasniflash. 
3.
Iqtisodiy faoliyat turlarini sektorlar bo‘yicha tasniflash. 
1. Iqtisodiy faoliyat turlarini mulk shakllari, ma’muriy va iqtisodiy hududlar 
bo‘yicha tasniflash 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, BMTga a’zo (1992 yil 2 mart) bo‘lib, 
dunyodagi juda ko‘p mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy aloqalarini amalga 
oshira boshladi. Natijada mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini xalqaro hisob 
ko‘rsatkichlari bilan moslashtirish zaruriyati tug‘ildi. Shunday qilib, mamlakatimizda 
Milliy hisoblar tizimi (MHT) ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi.
Ma’lumki, 
makroiqtisodiy 
statistika 
ob’ektiga 
hududlar, 
mamlakat 
miqyosidagi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlaridir. Lekin ular minglab ishlab 
chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalar, dehqon-fermer xo‘jaliklari, 
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va boshqa ob’ektlar iqtisodiy faoliyatlardan 
tashkil topadi.
Bu sub’ektlarning ko‘plari mehnat ishlab chiqarish va ularni sotish bilan
ayrimlari turli xil xizmat ko‘rsatish bilan, ba’zilari esa ilmiy, ma’rifiy, madaniy va 
boshqa faoliyat bilan shug‘ullanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu sub’ektlar soni, 
tarkibi va faoliyat turlari o‘zgarib turadi.Shuning uchun bu xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar faoliyatini makrodarajada o‘rganish va tahlil qilish uchun mulk shakllari
iqtisodiy va ma’muriy hududlar bo‘yicha guruhlash lozim bo‘ladi.
«O‘zbekiston Respublikasida Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunga binoan (4-
modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga keladi: 

fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki; 

jamoa (shirkat) mulki, shu jumladan, mahalla, kooperativ mulk, … 
aksionerlar jamiyati …; 

Respublika, 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, 
ma’muriy-hududiy 
tuzilmalar (maishiy) mulkdan iborat davlat mulki; 

aralash mulk; 

qo‘shma korxonalar, ajrabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, 
shuningdek, ajnabiy yuridik shaxslar mulki. 
Ushbu 
guruhlashga 
asosan 
xo‘jalik 
yurituvchi 
barcha 
sub’ektalr 
makrodarajada quyidagicha guruhlanadi: 
1. Davlat mulki. 
2. Jamoa-kooperativ mulki. 
3. Jamoa mulki. 



4. Turli jamiyatlar (aksionerlik) mulki; 
5. Xususiy mulk. 
6. Shaxsiy mulk. 
Statistik ma’lumotlar, ko‘pincha davlat va nodavlat sektorlariga guruhlanib 
ko‘rsatilsada, nodavlat sektori, shu jumladan deb nomlanib, xususiy mulk, jamoa 
mulki, qo‘shma korxonalar va chet el fuqarolari mulki va shu kabi guruhlarga 
ajratilib ko‘rsatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektalrning mulk shakli bo‘yicha bunday guruhlar 
bo‘lib faoliyat ko‘rsatkichlarining ifodalanishi mamlakat yalpi ichki mahsulotini 
yaratishda ularning o‘rnini, qanday o‘zgarayotganligini aniqlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududi 447,4 ming kv.km. bo‘lib, tabiiy, iqlim 
sharoiti, aholi joylanishi, iqtisodiy salohiyati har xildir. Shuning uchun ham 
makroiqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlarini statistik o‘rganishda iqtisodiy hududlar va 
ma’muriy bo‘linishlari bo‘yicha guruhlash lozim bo‘ladi. O‘zbekiston hududi tabiiy 
joylanishi va iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha 8 ta iqtisodiy rayonga bo‘linadi. Bular: 
Toshkent, Mirzacho‘l, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro-Qizilqum, Qashqadaryo, 
Surxandaryo va Quyi-Amudaryo iqtisodiy rayonlaridir («Iqtisodiy geografiya» 
fanidan bu iqtisodiy hududlarning guruhlashtirish mohiyatini chuqur o‘qigansizlar). 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
ma’muriy 
jihatdan 
12 
ta 
viloyat 
va 
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘linadi. Ular o‘z navbatida tumanlarga, 
shaharlarga bo‘linadi. Bunday hududalr bo‘yicha guruhlab o‘rganish, mamlakat 
iqtisodiyotida hududlarning to‘tgan o‘rni va rivojlanishini, hamda iqtisodiyotni 
rivojlantirish uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, hududlararo iqtisodiy 
aloqalarni yanada yaxshilash imkonini beradi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə