Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 O‘zbekistonda statistikaning tashkiliy tuzilishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
iqtisodiy statistika

1.3. O‘zbekistonda statistikaning tashkiliy tuzilishi
Statistika o‘z ob’ektlarini o‘rganadigan Fan bo‘lib qolmasdan, Amaliy 
faoliyatda ham mavjud. Hozirgi paytda har bir firma, korxonalardan ya’ni barcha 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan boshlab, tuman, viloyat va mamalakat miqyosida 
barcha iqtisodiy-ijtimoiy voqea, hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash, qayta 
ishlash va ularni saqlash statistika organlariga yuklatilgan. Statistika ishlarini tashkil 
etishni yaxshilash va uning ma’lumotlaridan foydalanish samaradorligini oshirish 
maqsadida tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. 
2002 yil 12 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat statistikasi 
to‘g‘risida»gi qonuni (yangi tahrirda) qabul qilindi. Bu qonunda Davlat statistika 
organlarining asosiy vazifalari ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, hamda 
ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, 
saqlash, umumlashtirish va tahlil etish bilan bir vaqtda davlat organlari, yuridik 
shaxslar, davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek jamoatchilikni 
belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash ham yuklatilgan. Demak 
statistika organlari yuqoridagi sub’ektlarni o‘z vaqtida, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni 



real ifodalaydigan ma’lumotlar bilan ta’minlab turishi lozim. Statistik ma’lumotlar 
asosida, korxonalar, firmalar, hududlar, mamlakat iqtisodiy xolatlari o‘rganiladi va 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash istiqbollari belgilanadi. 
2002 yil 24 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 
“O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil 
etish to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Bu Farmonga asosan Respublika Iqtisodiyot 
vazirligi va alohida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashkil 
etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda va Toshkent shahrida – statistika 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə