Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
iqtisodiy statistika

boshqarmalari, respublikaning boshqa shaharlarida va tumanlarida – statistika 
bo‘limlari faoliyat yuritmoqda. 
Tegishli hokimlarga qarashli bu statistika organlari, barcha xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlardan hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qiladi, to‘g‘riligini nazorat 
qiladi va qayta ishlab, umumlashtirib, mamlakatning boshqaruv organlari va 
qiziquvchilarga yetkazib beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘qrisida”gi qonunning 6-
moddasida “Davlat statistika organlarining huquqlari” shunday ifodalangan: 

davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga 
solish ishlarini amalga oshirish; 

davlat statistika organlari va boshqa davlat organlari tomonidan olib 
boriladigan davlat statistika kuzatuvlari dasturlarini tasdiqlash hamda idoraviy 
xususiyatdagi statistika kuzatuvlari shakllarini kelishib olish; 

moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idoralar va 
xizmatlardan, yuridik shaxslar hamda ularning vakolatxonalari va filiallaridan, 
jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika 
hisobotlari, idoraviy hisobga olish ma’lumotlari hamda davlat statistika ishlarini olib 
borish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni (ularni tayyorlashning har qanday 
bosqichida), shuningdek ularga ilova etiladigan tushuntirish-izohlarni so‘rash hamda 
olish va statistika maqsadlarida foydalanish; 

korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda statistika ma’lumotlari 
ishonchliligini tekshirish, qoida buzarliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish 
haqida ko‘rsatma berish va statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish; 

olinayotgan statistika ma’lumotlarining to‘liqligi hamda holisligini 
ekspertizadan o‘tkazish; 

statistika ma’lumotlarini taqdim etayotgan davlat organlari, yuridik 
shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul 
qilish; 

davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan shaxslarga 
nisbatan qonunga muvofiq ravishda jarima sanksiyalarini qo‘llash; 

yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish ishini amalga oshirayotgan organlardan korxonalar va tashkilotlarning 
yagona davlat registrini yuritish uchun zarur ma’lumotlar olish; 




Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistikaga oid, tahliliy, 
axborot, noshirlik xizmatlari va boshqa xizmatlarni shartnoma asosida qonun 
hujjatalrida belgilangan tartibda ko‘rsatish; 

boshqa davlatlarning statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari 
bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish; 

ayrim vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil etish. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə