Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Iqtisodiy statistikaning asosiy vazifalari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
iqtisodiy statistika

 
1.4. Iqtisodiy statistikaning asosiy vazifalari 
 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi, iqtisodiy 
islohatlarni chuqurlashtirish makro-mikroiqtisodiy statistikaga ma’suliyatli vazifalar 
yuklaydi.
Bu vazifalarning asosiylari qo‘yidagilardir: 

statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, 
xalqaro talablar va andozalarga mos keladigan statistikani tashkil etishning samarali 
tizimini ta’minlash; 

ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillariga javob 
beradigan, milliy hisobotlar tizimini ta’minlaydigan statistika metodolgiyasi va 
ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; 

milliy iqtisodiyot tarmoqlaridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
hisobotlarini bozor munosabatlariga moslashtirish, hisobot ko‘rsatkichlarining 
tezkorligini, ma’lumotlarning ishonchligi va holisligini ta’minlash. 

iqtisodiy reusrlar. ularning tarkibi va dinamikasi, tarmoqlar va sohalar 
bo‘yicha taqsimlanishi, ulardan samarali foydalanish natijalarini aniqlash; 

iqtisodiy tarmoqlar va sohalari o‘rtasidagi munosabatlarni, tarmoq 
mahsulotlari hajmi, tarkibi, iqtisodiy rivojlanish sur’atlari iste’mol va jamg‘arish, 
hamda iqtisodiy faoliyat yakunlarini aniqlash; 

mamlakat aholisi soni, tarkibi. aholi migratsiyasi mehnat resurslari, ish 
bilan bandlik, sog‘lom avlodni tarbiyalash kabi demografik ko‘rsatkichlarni 
o‘rganish; 

mamlakat milliy boyligi, uning tarkibi, asosiy va aylanma mablag‘lar 
miqdori va ulardan samarali foydalanishi ko‘rsatkichlarini o‘rganish; 

davlat byudjeti, daromadlari va harajatlari ko‘rsatkichlarini o‘rganish, 
byudjet daromadlarining bajarilishi va harajatlarining to‘g‘ri va belgilangan 
me’yorlarda ishlatishini o‘rganish; 

pul muomalasi, moliyaviy kredit operatsiyalari, qimmatbaho qog‘ozlar 
va fond bozori, sug‘urta jarayonlarini o‘rganish va shu kabilardir. 
Umuman olganda barcha ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning miqdorini, 
takibini va dinamikasini kuzatib, bo‘limlar, firmalar, korxonalar ya’ni barcha faoliyat 
yurituvchi sub’ektlar bo‘yicha, hamda tuman, shahar va viloyatlar, mamlakat 
miqyosida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning rivojlanishini ifodalovchi ma’lumotlarni 
to‘plash, tezkor qayta ishlash guruhlash va tegishli boshqaruv organlariga 
yetkazishdir.




Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə