Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Aholi daromadlari statistikasi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   114
iqtisodiy statistika

2. Aholi daromadlari statistikasi 
 
Aholi daromadlariga turli xil faoliyatlardan olingan daromadlar, bular ish 
haqi, shu jumladan: natura shaklida berilgan ish haqi, tamorqadan olingan 
daromad, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, qimmatbaho qog‘ozlardan 
olinadigan daromadlar, pensiyalar, stipendiyalar, turli xil nafaqalar, chet el 
valyutasidan olinadigan daromadlar va chet mamlakatlardan olingan daromadlar, 
shu jumladan, chet mamlakatlardan turli xil yordamlardan olingan daromadlar 
kiradi. Keyingi yillarda aholining daromadlari tarkibiga tadbirkorlik faoliyatidan 
jumladan: dehqon-fermer xo‘jaliklari faoliyatidan, hamda qimmatbaho qog‘ozlar 
operatsiyasidan olingan daromadlar ko‘payib bormoqda.
Aholining turmush darajasi asosan inson, oila istemoli uchun zarur bo‘lgan 
tovar va xizmatlar miqdori bilan belgilanadi. Bunda asosiy ko‘rsatkich aholining 
daromadi hisoblanadi, qaysikim istemol uchun mavjud tovar va xizmatlarni harid 
qilib oladi. Bozor munosabatlari sharoitida aholi daromadlar turlari kengayib 
bormoqda. 
Aholining daromadlariga qo‘yidagilar kiradi: 

Ish haqi, - ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan olgan – renta yoki ijara 
haqi, tamorqa va chorvachilikdan olingan daromad; 

Aksiya egalari oladigan dividend, kreditga berishdan olingan foiz.
Aholining ish haqi daromadlarining asosini tashkil etadi. Unga asosiy ish 
haqi, mukofat, tekin berilgan xizmatlar haqi, naturada berilgan haq va shu kabilar 
kiradi. 
Xodimlarga hisoblangan ish haqini brutto ish haqi. Haqiqatan qo‘lga 
oladigan ish haqini netto-ish haqi desak bo‘ladi. Netto ish haqi – hisoblangan ish 


107 
haqidan ya’ni brutto ish haqidan – daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urtaga ajratma va 
boshqa tulovlarni ayirib tashlangandan qolgan qismi tushiniladi. 
Mustaqillik yillarida qishloq aholisiga juda ko‘p yerlar maydoni tomarqa 
qilib bo‘lib berildi. Qishloq aholisi bu tomarqa yerlaridan o‘zi uchun, ortiqcha 
qismini sotish uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirib, natura va pul 
ifodasida daromad oladi. 
Bozor munosabatlari sharoitida aholi tadbirkorlik faoliyatidan ham foyda 
olishi mumkin. Foyda tadbirkorning yalpi tushgan daromadidan faoliyatini yuritish 
uchun qilgan harajatlari o‘rtasidagi farqdan iborat. 
Dividend – bu aksiyadorga foyda taqsimlanganda tekkan ulushdir. 
Aksiyalar = oddiy va imtiyozli bo‘ladi. Imtiyozli aksiyalarning divident 
olishi kafolatlangan. Aksiyadan olinadigan nominal daromad (And) qo‘yidagicha 
aniqlanadi. 
And = 
А
b
D
х
100
. Bu yerda D – dividend, Ab – aksiya bahosi. 
Foiz – pul egasining pulini boshqalarga qarzga berganligi uchun olgan 
daromadi. Foiz summasi uning stavkasiga bog‘liq. 
Foiz stavkasi kredit (ssuda) ga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq. 
Fns (foizning nominal stavkasi) = 
К
S
К
D
х
100
= Bu yerda KD – ko‘zlangan 
daromad, QS – qarz summasi. 
Foiz stavkasiga inflyatsiya darajasi katta ta’sir etadi. Shuning uchun real foiz 
stavkasi (Frs) baho indeksi asosida aniqlanadi Frs = 
NS
F
x Jp: 
Renta – kuchmas mulk egalarining mulkini (yer, imorat, va shu kabilar) 
ijaraga berib, olgan daromadi hisoblanadi. 
Nafaqa va stipendiyalar aholi daromadlarining maxsus turi hisoblanadi. 
Qarilik nafaqasi – ishlab topilgan, lekin keyin berish uchun yig‘ilgan daromad. 
Nogironlik nafaqasi yordamga muhtojlarga, ko‘p bolali oilalarga berilgan 
nafaqalar aholini ijtimoiy himoya bilan bog‘liqdir. 
Stipendiya – talabalarga yordam puli. Kelajakda jamiyatga naf keltiradi. 
Demak, yuqoridagi aholining barcha daromadlari individual daromadlariga 
kiradi. Undan tashqari aholi jamiyat miqyosida bepul beriladigan xizmatlar 
(bolalar bog‘chasi, maktabda o‘qitish va shu kabilar) kiradi. 
Aholi daromadlari (D) dinamikasini o‘rganganda, daromad indekslaridan 
foydalanadi. Jd = 
D
о
D


1
;
Har bir aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar.
J
jd
=
1
1
S
D


So
D
о

: bu yerda: S – aholining o‘rtacha soni; 
2000 yilda aholi boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi 96000 so‘mga yaqinni 
tashkil qilgan va 1997 yilga nisbatan 3 baravar ko‘paygan hisoblanadi. Lekin 
statistikada aholining pul daromadlari nominal va real daromadlari bo‘yicha 
hisoblanadi. Aholining nominal daromadlari pul va bozor narxlarida hisoblangan 
daromadlarning umumiy qiymati hisoblanadi. Real daromadlar deb, aholining 


108 
nominal daromadiga sotib olishi mumkin bo‘lgan moddiy boyliklar qiymati 
hisoblanadi. Demak, inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan sari aholining real 
daromadlari kamayib boradi, ya’ni nominal qiymatda olgan pul daromadlariga 
inflyatsiya darajasi kuchayganligi sababli, kamroq moddiy boyliklar sotib olinadi. 
Boshqacha qilib aytganda, pulning harid quvvati kamayadi. Aholining real 
daromadlarini aniqlash uchun nominal daromadlarini narx indeksiga bo‘lish lozim.
Nominal daromad 
ARD = ------------------------ 
Narx indeksi (Jp); 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə