Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114
iqtisodiy statistika

 
 
 
 
 


117 
2. Xodimlarning ish vaqti ko‘rsatkichlari 
 statistikasi 
 
Korxonalarda xodimlar soni va ularning harakatini statistik o‘rganish bilan 
birga, xodimlarning ish vaqtidan foydalanishini ham har tomonlama o‘rganadi. 
Bunda quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: 
Kalendar ish vaqti fondi – bir yil (oy, chorak) – 365 kelendar kun 
hisoblanib, korxonadagi xodimlar soniga ko‘paytirib topiladi. Tabel ish vaqti fondi 
– bu kalendar ish vaqtidan dam olish va bayram kunlarini chiqarib tashlanganiga 
teng. Demak 365 kundan dam olish kunlarini (taxminan – 52 kun) va bayram 
kunlarini (9 kun) ayirib tashlasak 304 kunga teng bo‘ladi. Albatta korxona 
xodimlari ta’til olish huquqiga ega. Demak tabel ish vaqtidan xodimlarning 
o‘rtacha ta’til kunlarini chiqarib tashlasak maksimal imkoniyatli ish vaqti kelib
uni xodimlar soniga ko‘paytirsak maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi kelib 
chiqadi. 
Xodimlarning ish vaqti mehnat qilishning me’yori bo‘lib, ishlagan kishi-soat 
yoki ishlangan kishi-kunlarda ifodalanadi. Ishlangan kishi-soatlar vaqtni aniqroq 
belgilab, unda soatlab bo‘sh turishlar (turli sabablarga ko‘ra-xomashyo 
yetishmasligi, elektr energiya yo‘qligi va shu kabilar), ishga kech kelish yoki erta 
ketish soatlari kiritilmaydi. 
Korxonadagi mavjud ma’lumotlardan foydalanib, yuqoridagi ish vaqti 
fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarini hisoblash mumkin. 
Kalendar ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsienti (KIVF) ishlangan kishi 
kunlarni kalendar ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi. 
Tabel ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti (TIVF) ishlangan kishi kunlarni 
tabel ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi. 
Maksimal imkoniyatli ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti (MIVF) 
ishlangan kishi / kunlarni maksimal imkoniyatli ish vaqti fondiga bo‘lib topiladi. 
Bu ko‘rsatkichlar ichida maksimal imkoniyatli ish vaqti fondidan foydalanish 
koeffitsienti muhimroqdir. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə