Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Xodimlar ish haqi stastistikasi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   114
iqtisodiy statistika

4. Xodimlar ish haqi stastistikasi 
 
Barcha korxona, firma, tashkilot, muassasa, birlashmalarda (bundan keyin 
korxona deb ataladi) xodimlar ishlaydi. Xodimlar tegishli bilim va 
mutaxassisliklarga ega bo‘lib, korxonalarning faoliyat turlariga qarab, turli 
vazifalarni bajaradi. Xodimlarning bajaradigan ishlari korxonalarda kasaba 
uyushmalari bilan kelishilgan holda ularning funksional vazifalari belgilangan 
bo‘ladi. Korxonalar har bir xodimning vazifasi hamda xodimlar bajargan ishning 
miqdori va sifatiga qarab xodimlarga mehnat haqi to‘laydilar. Hozirgi paytda 
xodimlarga beriladigan mehnat haqining vaqtbay va ishbay shakllari mavjud.
Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori yoki bajargan 
ishi (ko‘rsatgan xizmati) hajmi, sifatiga qarab hisoblanadi. Ishbay ish haqi xalq 


119 
xo‘jaligining juda ko‘p tarmoq korxonalarida ishchi-xodimlarga mehnat haqi 
to‘lashda qo‘llanadi.
Vaqtbay ish haqi shaklida mehnat haqi xodimlarning ishlagan vaqtlari: 
kunlari va soatlariga qarab to‘lanadi. Vaqtbay ish haqi shaklida asosan rahbar va 
idora xodimlariga mehnat haqi hisoblanadi. Chunki ularning bajargan ishlarini 
ko‘pincha qandaydir miqdor bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Xuddi shunday bajargan 
ishlarining miqdorini o‘lchab bo‘lmaydigan ishchilarga ham vaqtbay ish haqi 
qo‘llanib, ularga bir oylik maosh belgilanadi. Vaqtbay shaklida ish haqi olinadigan 
ishchilarga qaravul, farrosh va shu kabi ishchi kasblarini kiritish mumkin.
Korxona xodimlari kasbiga qarab: xizmatchilar va ishchilar guruhlariga 
bo‘linadi. Xizmatchilar guruhi o‘z navbatida rahbarlar, mutaxassislar va boshqa 
xizmatchilar guruhlariga bo‘linadi. Korxona rahbar xodimlariga: prezidentlar, 
direktorlar, raislar, boshliqlar, bosh mutaxassislar (bosh buxgalter, bosh muxandis 
va shu kabilar) va rahbarlarning o‘rinbosarlari kiradi. Mutaxassislarga: 
iqtisodchilar, buxgalterlar, muxandislar, agronomlar va shu kabi boshqa shu kabi 
maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasblar kiradi.
Ishchilar guruhiga barcha korxonalarda asosiy faoliyatni bajarishda 
ishlaydigan: ya’ni ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida 
ishlayotgan xodimlar kiradi.
Korxonalarda vaqtbay va ishbay ish haqining turli ko‘rinishlari qo‘llanishi 
mumkin: oddiy ishbay mehnat haqi, ishbay-mukofotli turi, progressiv ishbay haqi, 
akkord va shu kabi turlari. Vaqtbay ish haqida ham xuddi shunday turlari 
qo‘llanishi mumkin. Bundan tashqari xodimlarga turli qo‘shimcha haqlar berilishi 
mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: 
*
mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan joylarda ishlagan xodimlarga. 
Bunday ishlarning va kasblarning ro‘yxati hukumat tomonidan tasdiqlanadi; 
*
cho‘l, tog‘li va suvsiz joylarda ishlagan xodimlarga rayon koeffitsientlari 
sifatida ustama belgilanadi; 
*
kechasi, me’yordan ortiqcha ishlaganligi yoki bayram kunlari ishlaganligi 
uchun ustama; 
*
qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlarida ishlaydigan xodimlarga, ishining 
doimiy ravishda harakatda va borish-kelish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ustama; 
*
ishi doimo yo‘lda bo‘ladigan aloqa, temiryo‘l, suv va avtomobil transporti 
xodimlariga ustama; 
*
yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqiga qo‘shib 
beriladigan ustama; 
*
va shu kabilar. 
Bundan tashqari vaqtbay va ishbay ish haqi shakllarida xodimlarning 
moddiy manfaatdorligini kuchaytirish maqsadida mukofotlash usullaridan 
foydalanadilar. Korxonalar mukofatlash tizimini kasaba uyushmalari yoki tegishli 
organlar bilan kelishib oladilar. Xodimlarning ish haqini xalq xo‘jaligi tarmoqlari, 
mintaqalar (xududlar) bo‘yicha, ishlab chiqarish turlari, malaka talab qiladigan 
kasblar bo‘yicha tabaqalashtirish davlat tarif tizimi orqali amalga oshiriladi. Tarif 
tizimi tarif-malaka ma’lumotnomasini, tarif stavkasi va setkasini hamda ish haqiga 
belgilanadigan 
tarif 
koeffitsientlarini 
o‘z 
ichiga 
oladi. 
Tarif-malaka 


120 
ma’lumotnomasida kasb va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, aniq ishni 
bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar berilgan.
Hozirgi paytda byudjet qaromog‘idagi (fan, sog‘liqni saqlash, maorif, 
mudafaa va shu kabilar) muassasalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi 2000 yil 20 iyulda qabul qilingan Yagona tarif setkasi (YATS) asosida 
xodimlarga mehnat haqi hisoblaydi. Xalq xo‘jaligidagi boshqa tarmoq davlat, 
davlat-aksiyadorlik korxonalari ham ushbu YATS asosida xodimlariga mehnat 
haqi belgilaydilar. Boshqa mulk shaklidagi korxonalar o‘zlarining moliyaviy 
ahvolidan kelib chiqqan holda ish haqini belgilashi mumkin. Lekin ish haqini 
belgilashda YATS asos qilib olinishi kerak. YATSda barcha ishlarga haq to‘lash 0 
dan 22 razryadgacha guruhlashtirilgan bo‘lib, har bir razryadga tegishli tarif 
koeffitsienti belgilangan. Shu tarzda xodimlarga beriladigan ish haqi, kasbning 
maxsus tayyorgarlikni, malakani talab qilishiga qarab tabaqalashtirilgan 
¡
zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Ma
і
kamasining 2004 yil 2 iyuldagi 

309 Qaroriga binoan 
2004 yil 1 avgustdan mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi 
q
o‘yidagicha: 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə