Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114
iqtisodiy statistika

Mehnatga haq 
to‘lash razryadi 
Tarif koeffitsienti 
Mehnatga haq 
to‘lash razryadi 
Tarif 
koeffitsienti 

1,000 
12 
5,386 

2,181 
13 
5,727 

2,400 
14 
6,071 

2,641 
15 
6,423 

2,904 
16 
6,779 

3,181 
17 
7,140 

3,471 
18 
7,505 

3,773 
19 
7,877 

4,086 
20 
8,253 

4,401 
21 
8,635 
10 
4,723 
22 
9,019 
11 
5,050 
Vazirliklar, uyushmalar, konsernlar o‘zlariga tegishli tarmoq korxonalarida 
YATSni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadilar. Eng 
kichik razryadlar (0-4 razryadlar) maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydigan kasbda 
ishlaydigan xodimlarga beriladi. Misol uchun: qaravul, farroshlarga. Bunday 
ishlarga qabul qilinayotganda, ularning mehnat staji, tajribasi hamda ushbu 
korxonaning moliyaviy holatiga qarab “0” dan “4” razryadgacha berish mumkin.
Maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan va kichik mutaxassislik lavozimida 
ishlayotgan xodimlarga 5-8 razryad belgilanishi mumkin. 
Korxonadagi yetakchi mutaxassislarga (bosh agranom, bosh muxandis, 
bosh buxgalter va shu kabilarga, ular asosan oliy ma’lumotli bo‘lishi lozim) 10-14 
razryad berilishi mumkin. 
Viloyat miqyosidagi tashkilot, uyushma yetakchi mutaxassislari - 15-19 
razryad berilishi mumkin.


121 
Xodimlarni ishga qabul qilish korxona rahbarining buyrug‘i yoki 
farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi (t-1 shaklida). Buyruqda qaysi mansabga, 
lavozimga qabul qilinganligi, berilgan razryadi va shu kabi ko‘rsatkichlar qayd 
qilingan bo‘lishi lozim. Korxonaning kadrlar bo‘limi ishga qabul qilingan xodim 
pasporti va boshqa tegishli hujjatlar asosida, xodimlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot 
beruvchi-shaxsiy kartochka (t-2 shakli) to‘ldiradi. Korxona rahbarlari xodim bilan 
mehnat shartnomasi tuzadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 115 moddasiga asosan 
xodimlarning bir haftalik ish vaqti me’yori 40 soat belgilangan. Lekin 16-18 
yoshdagi yoshlarga, mehnat sharoiti qiyin bo‘lgan joylarda ishlaydigan xodimlarga 
hamda 3 yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga haftalik ish vaqti 36 soatgacha 
belgilangan. Ko‘pincha, haftasiga 6 kun ishlaydigan korxonalarda bir kunlik ish 
vaqti - 7 soat, haftasiga 5 kun ishlaydigan korxonalarda esa 8 soat belgilanadi.
Xodimlarning ishga chiqqanligi va bajargan ishlari maxsus hujjatlarda qayd 
qilinadi. Xodimlarning ishga chiqqan kunlari va ishlagan soatlari tabelda 
ko‘rsatiladi. Ko‘pgina korxonalarda lavozim bo‘yicha xodimlarga doimiy tabel 
nomeri belgilanadi. Tabelni har bir bo‘limda, brigadada, jamoada xodimlarning 
ishga chiqqanligini hisobga olib boruvchi shaxs to‘ldiradi. Unda xodimning ismi, 
sharifi, lavozimi va oyning sanalari ko‘rsatilgan bo‘lib, shu oyning ish kunlarida 
necha soat ishlaganligi yoziladi. Tabel ko‘pincha bir oyda 2 marta to‘ldirilib 
buxgalteriyaga topshiriladi. Agarda xodim turli sabablar bilan (kasalligi, ta’tilda 
yoki xizmat safarida bo‘lganligi) ishga chiqmagan bo‘lsa, maxsus belgilar qo‘yib, 
ishga chiqmaganlik qayd qilinadi. Tabelga qayd qiluvchi bilan birga bo‘lim rahbari 
imzo qo‘yadi. 
Vaqtbay shaklda ish haqi oluvchilar uchun tabel asosiy hujjat bo‘lib 
hisoblanadi. Chunki unda har bir xodimning joriy oyda qaysi kunlari (necha kun)
ishga chiqqanligi va necha soat ishlaganligi ko‘rsatilgan. 
Ishbay haq oladigan xodimlarga mehnat haqi hisoblash uchun bundan 
tashqari shu oyda qancha miqdorda ish bajarganligi to‘g‘risidagi ma’lumot zarur. 
Vaqtbay ishlaydigan xodimlarga, ko‘pincha bir oylik maosh (oklad) belgilanadi. 
Ilgari aytilganidek, vaqtbay ish haqi rahbar va idora xodimlarga (buxgalterlar, 
iqtisodchilar, agronomlar va shu kabilar), hamda bajargan ishning miqdorini
aniqlab bo‘lmaydigan ishchilarga qo‘llanadi. Bunda YATSga asosan xodimning
razryadiga tegishli tarif koeffitsienti amaldagi belgilangan minimum ish haqiga 
ko‘paytiriladi va xodimning bir oylik maoshi aniqlanadi.
Misol: Korxonada buxgalter bo‘lib ishlaydigan xodimning razryadi 10 
belgilangan, unga to‘g‘ri keladigan tarif koeffitsienti 4,361. Hozirgi paytda (2005 
yil 1 oktyabrdan) minimal ish haqi 9400 so‘m belgilangan. Demak buxgalterning 
bir oylik maoshi – 40993 so‘m (4,361x9400 so‘m). Buxgalter joriy oyning ish 
kunlari to‘liq ishlagan bo‘lsa, maosh to‘liq hisoblanadi. (Bundan tashqari
xodimga turli ustama va mukofotlar ham berilishi mumkin). Agarda buxgalter 
joriy oyda ish kunlarida kasalligi sababli to‘liq ishlamagan bo‘lsa, maosh faqat 
ishlagan kunlariga hisoblanadi. Misol: buxgalter iyun oyining 25 ish kunidan 20 
kun ishga chiqdi, qolgan kunlari betob bo‘lib, ishga chiqa olmadi. Buxgalterning 
iyun oyiga ish haqi quyidagicha aniqlanadi: 


122 
1) Bir oylik maoshi 25 ish kuniga bo‘linib, o‘rtacha bir kunlik maoshi 
aniqlanadi. 
Bizning misolda, buxgalterning oylik maoshi - 40993 so‘m. 
O‘rtacha bir kunlik maoshi = 40993:25=1639 so‘m 72 tiyin. 
2) Buxgalterning iyun oyida ishlagan kunlari ish haqi: 
1639 so‘m 72 tiyin x 20 = 32794 so‘m 40 tiyin. 
Ishbay haq oladigan xodimlarga ish haqi hisoblash korxonada ish 
jarayonining qanday tashkil qilinganiga bog‘liq. Agarda korxonada ishning 
tashkil qilinishiga qarab, har bir ishchining bajargan ishining miqdorini va 
sifatini aniqlash mumkin bo‘lsa, unda xodimlarga individual ishbay haq
hisoblanishi mumkin. Lekin ko‘pgina korxonalarda texnologik jarayon 
shundayki, tayyor mahsulot konveyer usulida ishlab chiqariladi yoki mehnat qilish 
jamoa bo‘yicha (bo‘lim, brigada, sex va shu kabilar) tashkil etilgan. Bunday 
sharoitda ishbay haq bajarilgan ishning miqdoriga belgilangan rassenka bo‘yicha 
butun jamoaga hisoblanadi.
Individual ishbay ish haqida xodimning ish haqi u bajargan ishning 
miqdori va sifatiga bog‘liq. Misol: Tikuvchi yozgi xalat tikishga buyurtma oldi. 
Har bir xalatni tikkani uchun rassenka - 250 so‘m belgilangan. Tikuvchi may 
oyida 135 ta xalat tikdi. Demak tikuvchining may oyi ish haqi 135 x 250 so‘m = 
33750 so‘m bo‘ladi. Savdo, ovqatlanish va shu kabi xizmat ko‘rsatuvchi
korxonalarda rassenka har bir 1000 so‘m oborotga belgilanishi mumkin. Jamoa
ishbay ish haqida jamoa a’zolari bajargan ishlari uchun oladigan haq jamoa
a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda xodimlarning kasbi, tajribasi, oylik yoki 
soatbay ish haqi stavkasi hisobga olinadi. 
Misol: Brigadada 4 kishi ishlaydi. Ular may oyida bajargan ish uchun 
120000 so‘mlik (rassenka bo‘yicha) ish haqi to‘lanishi lozim.
Brigadir va yana bir ishchi IIIrazryadli xodim bo‘lib, oylik maoshlari
stavkasi 31000 so‘mga to‘g‘ri keladi. 3-nchi ishchi II razryad va oylik stavkasi
25000 so‘m va 4-nchi xodim I razryad bo‘lib oylik stavkasi 20000 so‘mdir. 
Xodimlarning oylik stavkalarini qo‘shib chiqsak, 107000 so‘m. (31000 + 31000 
+ 25000 + 20000) bo‘ldi. Demak ishbay ish haqi xodimlarning oylik stavkasining 
har bir so‘miga 1 so‘m 12 tiyin (120000 : 107000) to‘g‘ri keladi. Bundan kelib
chiqib xodimlarning ishbay ish haqini hisoblash mumkin. Brigadir va III razryadli 
xodimning ish haqi
31000 x 1,12 = 34751 so‘mdan; 
3-chi xodimning ish haqi 25000 x 1,12 = 28028 so‘m; 
4-chi xodimning ish haqi esa 22470 so‘m bo‘ladi.
Xodimlar ish haqini jamoa a’zolari o‘rtasida taqsimlashning koeffitsient va 
boshqa usullari ham mavjud. Xodimlar kechasi dam olish va bayram kunlari 
ishlaganliklari uchun ustama haq oladilar. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat 
Kodeksiga asosan soat 22
00
dan ertasiga soat 6
00
ga ish kechasi ish hisoblanadi. 
Xomilador va yosh bolali ayollar, 18 yoshga to‘lmagan yosh ishchilar kechasi 
ishlashga qo‘yilmaydilar. Kechasi ishlagan ish kamida 1,5 barobar haq blian 
to‘lanadi.


123 
Korxona faoliyatiga zarur bo‘lib qolsa xodimlarni dam olish (bozor) va 
bayram kunlari ham ishlatishi mumkin. Bunday hollarda o‘zaro kelishgan holda 
xodimga boshqa ish kuni dam olish (otgul) berishi mumkin. Bayram kunlari 
ishlagan xodimlarga mehnat haqi kamida 2 barobar to‘lanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan xodimlar har yili 
ta’tilga chiqib dam olish huquqiga egadirlar. Har yilgi asosiy ta’til 15 ish kunidan 
kam bo‘lmagan miqdorda beriladi. Amaldagi qonunchilikka asosan ishning 
xususiyatlariga va xarakteriga qarab, ta’til kunlari uzaytirilib va qo‘shimcha 
ta’tillar beriladi. Qo‘shimcha ta’til og‘ir va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay bo‘lgan 
joyda ishlayotgan xodimlarga beriladi va bunday xududlar O‘zbekiston 
Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi. Tarmoq korxonalari kasaba 
uyushmasi bilan kelishib, jamoa shartnomasi tuzib, ta’til muddatini o‘zlari 
belgilashi mumkin. Lekin Respublika Mehnat Kodeksiga asosan ta’til muddati 48 
ish kunidan oshib ketmasligi kerak.
Xodimlar ta’til paytida kasal bo‘lib qolsa yoki xomiladorlik va tug‘ish 
davri, o‘qishga borish yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa vaqtlar to‘g‘ri kelib qolsa, 
xodimning ta’til kunlari o‘sha davrga uzaytiriladi yoki xodim bilan kelishgan 
holda, boshqa vaqtga buyruq asosida o‘tkaziladi.
Xodimning ta’til paytidagi ish haqini hisoblash uchun uning ta’tilga 
chiqishdan oldingi 12 oylik ish haqi hisoblanib, umumiy summa 12 ga taqsimlanib 
o‘rtacha 1 oylik ish haqi aniqlanadi. Lekin ushbu davrda xodimning ish haqi 
(okladi) o‘zgargan bo‘lsa, ta’tilga chiqishdagi oxirgi ish haqi asos qilib olinadi. 
O‘rtacha bir oylik ish haqi 25,4 kunga bo‘linib (bir yilda o‘rtacha har oy 25,4 ish 
kuni bor deb qabul qilingan), o‘rtacha bir kunlik ish haqi aniqlanadi. Bu o‘rtacha 
bir kunlik ish haqi xodimning ta’til kunlariga ko‘paytirilib, xodimning ta’til 
paytidagi ish haqi aniqlanadi. Ayrim paytlarda: xodim birinchi yil ishlayotganda, 
oliy, o‘rta maxsus ta’lim, maktab kabi muassasalarning o‘qituvchilari (chunki 
yozgi ta’tilda xodimlar bir yil to‘liq ishlamasa ham ta’tilga chiqarishlari mumkin) 
12 oy ishlamasdan ta’tilga chiqishlari mumkin. Bunday holda, o‘rtacha ish haqi 
haqiqiy ishlagan oylariga nisbatan hisoblanadi.
Misol: buxgalter avgust 2003 yildan 24 ish kuniga ta’tilga chiqdi, 
buxgalterning 2002 yil oktyabr-dekabr va 2003 yil 1 maygacha oylik maoshi 
19770 so‘m bo‘lgan. 2003 yil 1 maydan ish haqining o‘rtacha 20 % ga oshganligi 
sababli, buxgalterning oylik maoshi 23724 so‘m bo‘lgan. Demak, buxgalterning 
ta’tilga chiqish uchun asosiy ish haqi 23724 so‘m qabul qilinadi. Bundan tashqari 
buxgalter ushbu 12 oy davomida 68160 so‘m mukofot va turli qo‘shimchalar olgan 
(moddiy yordam qo‘shilmaydi). Ta’til haqi xodimning barcha ish haqlari bo‘yicha 
hisoblanganligi sababli qo‘shimcha ish haqining ham o‘rtacha bir oyligini hisoblab 
chiqamiz: 68160:12=5680 so‘m. Demak, buxgalterning o‘rtacha bir oylik ish haqi: 
23724+5680=29404 so‘m. Bu so‘mmani 25,4 kunga bo‘lib, o‘rtacha bir kunlik ish 
haqini topamiz va bu summani 24 kunga ko‘paytirib, buxgalterning ta’til paytida 
ish haqi summasini topamiz. 29404:25,4= 1157 so‘m 64 tiyin. Ta’til davriga ish 
haqi 1157,64 x 24 = 27783 so‘m 36 tiyin hisoblandi. Bu summadan daromad 
solig‘i va ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga (2,5 %) va kasaba uyushmasi badali 
ushlab qolinadi.


124 
Statistikadan korxona xodimlarining o‘rtacha ish haqi aniqlanadi. Buning 
uchun xodimlar ish haqining jami summasini ro‘yxatdagi o‘rtacha xodimlar soniga 
bo‘lib topiladi. Shuningdek, har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan ish haqi ham 
aniqlanib, 
o‘rganiladi. 
Statistikada 
barcha 
xodimlarning 
shu 
jumladan 
ishchilarning o‘rtacha ish haqlarining dinamikasi ham o‘rganiladi va tahlil qilinadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə