Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114
iqtisodiy statistika

2. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish 
harajatlari va ularning turlari 
Mahsulot ishlab chiqarish uchun uchta element: mehnat qurollari, mehnat 
predmeti va jonli (inson) mehnat ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi zarur. 
Shuning uchun ham korxonalar mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) 
uchun asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar sotib oladi, ishchi kuchi yollaydi. 
Korxonaning ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarga sarflari 
ishlab chiqarish harajatlari deyiladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan barcha moddiy (asosiy vositalar 
yemirilish, xom ashyo, materiallar va shu kabilar) harajatlar va ishlab chiqarishda 
band bo‘lgan hodimlarga hisoblangan mehnat haqi mahsulot tannarxini tashkil 
etadi. 
Korxona buxgalteriyasida mahsulot tannarxi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 

54-son qarori bilan tasdiqlangan. 
«Mahsulot (ishlar xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish harajatlarining tarkibi 
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida 
hisobga olib boriladi. 
Mahsulot tannarxini aniqlashda xalq xo‘jaligi tarmoqlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari mavjud. 
Lekin barcha tarmoq korxonalarida ishlab chiqarishda xalq xo‘jaligi 
tarmoqlari harajatlarining iqtisodiy elementlariga asosan quyidagicha guruhlanadi. 
1.
Xom ashyo va asosiy materiallar; 
2.
Yordamchi materiallar; 
3.
Yoqilg‘i va energiya; 
4.
Asosiy va qo‘shimcha ish haqi 
5.
Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar 
6.
Asosiy vositalar amartizatsiyasi (eskirish) 
7.
Boshqa harajatlar 


127 
Korxonalar mahsulot ishlab chiqarish uchun bo‘ladigan barcha harajatlar. 
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan: 
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan harajatlar quyidagicha guruhlanadi a) 
Ishlab chiqarish moddiy harajatlari (xom ashyo, material); 
b) Ishlab chiqarishga oid mehnatga haq to‘lash harajatlari; 
v) Ishlab chiqarishga oid ijtimoiy sug‘urtaga ajratma harajatlari 
g) Asosiy vositalar va ishlab chiqarishga oid nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasi 
d) Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar. 
II. Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan harajatlar: 
a) sotish harajatlari
b) ma’muriy-boshqaruv harajatlari 
v) boshqa operatsiya harajatlariga guruhlanadi. 
Mahsulotning ayrim turlari tannarxiga olib borilishiga qarab harajatlar 
bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita (egri) guruhlariga bo‘linadi. 
Mahsulot hajmi bilan bog‘liqligiga qarab, harajatlar o‘zgaruvchan va 
o‘zgarmas (doimiy) harajatlarga bo‘linadi. 
Demak korxonaning umumiy harajatlari (UX) doimiy harajatlari (DX) va 
o‘zgaruvchan harajatlar (UX) yig‘indisiga teng masalan: xodim ishbay haq olsa, bu 
o‘zgaruvchan harajat. Bir oylik maosh belgilangan bo‘lsa, bu shakli doimiy 
harajatga olib boriladi. Mahsulot ishlab chiqarish harajatlari bo‘yicha hisobga olib 
boriladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə