Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


  Ishga qabul qilinganlar koeffitsienti



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   114
iqtisodiy statistika

 


116 
Ishga qabul qilinganlar koeffitsienti
Ishga qabul qilingan xodimlar 
= ------------------------------------------ 
Xodimlar o‘rtacha soni 
Xodimlarning ishdan ketish koeffitsienti – hisobot davrida ishdan 
bo‘shatilgan-ketganlar sonini korxona xodimlari o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi. 
Ishdan bo‘shatilganlar koeffitsient
Ishdan ketgan xodimlar soni 
= ------------------------------------------- 
Xodimlar o‘rtacha soni 
Korxona xodimlarining umumiy aylanma (oborot) koeffitsienti – ishga qabul 
qilinganlar va ishdan ketganlar sonini qo‘shib (IK) korxona xodimlarining o‘rtacha 
soniga bo‘lib topiladi. 
Xodimlarning umumiy oboroti 
Ishga qabul qilingan va ishdan bo‘shatilganlar 
= ----------------------------------------------------------------- 
Xodimlar o‘rtacha soni 
Xodimlar turg‘unlik koeffitsienti 
 
Korxonalarda doimiy ishlaganlar soni 
= ------------------------------------------------------------- 
Xodimlar o‘rtacha soni 
Korxonada ishga qabul qilingan va ishdan ketgan xodimlar sabablari 
bo‘yicha ham o‘rganiladi. Ishga qabul qilinganlar oliy va o‘rta maxsus o‘quv 
yurtlarini bitirib kelganlar, mehnat birjasi yo‘llanmasi bilan qabul qilinganlar va 
hakazo. Ishdan ketganlar esa: nafaqaga chiqish, boshqa joyga ko‘chib ketgan, 
armiya xizmatiga, o‘qishga ketganligi, ichki intizomni buzganligi va shu kabilar. 
Xodimlarning almashib turishi ijobiy hodisa emas. Shuning uchun ham 
xodimlarning ishga qabul qilish va ishdan ketish koeffitsienti ko‘rsatkichlarini – 
sabablari bilan o‘rganish zarur. Bu ko‘rsatkichlar koeffitsientlari qanchalik «O»ga 
yaqin bo‘lsa, shunchalik yaxshi deyish lozim. 
Xodimlarning turg‘unlik koeffitsienti «1»ga yaqin bo‘lsa ijobiy, chunki 
korxonada xodimlar doimiy ravishda turg‘un ishlasalar tajribasi ortadi, ishlab 
chiqarishning tashkil etilishni o‘rganadi va hokazo, natijada xodimlarning mehnat 
unumdorligi yuqori bo‘ladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə