Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Daromadlar tengsizligi va kambag‘allik chegarasi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114
iqtisodiy statistika

7. Daromadlar tengsizligi va kambag‘allik chegarasi 
 
Dunyo mamlakatlari aholisi turmush darajasi bilan farq qiladi. Bunga turli 
sabablar bilan (ko‘p yillar mustamlaka bo‘lganligi, tabiiy sharoiti, ko‘p yillik 
urushlar va shu kabilar) mamlakatlar iqtisodiyotining turlichi rivojlanishi asosdir. 
Lekin 
bir 
mamlakat ichida ham aholining turli 
qatlamlari 
daromadlari 
har 
xildir. 
Aholining aql-idroki, jismoniy sog‘lomligi, bilimi, malakasi, oila tarkibi
tadbirkorlik omadi har xil. Shu sababli oilalar turlicha daromad topadilar va 
natijada turmush darajalari har xil bo‘ladi. Nazariy jihatdan daromadlarning 
haqiqiy taqsimoti egri chiziq bilan ifodalanadi va Lorens chizig‘i deyiladi. 
50 -
40 -
30 - 
20 - 


112 
10 -
10 20 30 40 50 % oilalar foizi 
Mutloq tenglikni ifodalovchi to‘g‘ri chiziq bilan Lorens egri chizig‘i 
o‘rtasidagi 
tafovut 
daromadlar 
tengsizlik 
darajasini 
ifodalaydi. 
Bozor 
munosabatlari aholi daromadlarining mutloq tengligini inkor etadi. Shu bilan birga 
10 % aholi daromadlarining 100 % ini o‘zlashtirib olishi mumkin ham emas. 
Chunki bo‘nday holda 90 % aholi daromadsiz qolib, qashshoqlikga mahkum 
etilgan bulur edi. 
Bozor munosabatlari sharoitida aholining bir qismi daromadlari kam 
bo‘lganligi sababli moddiy va manaviy ehtiyojlarini to‘liq qondira olmaydi. 
Aholining bunday qatlamini kambag‘allar deyiladi. Aholi daromadlari va 
kambag‘allik darajasini oilalarni tanlab kuzatish yo‘li va normativ usul bilan 
aniqlash mumkin. Tanlab ko‘zatish usulida oila daromadlari mamlakat o‘rtacha 
daromadidan bir necha baravar past bo‘lsa, bu oila kambag‘al hisoblanadi. 
Ko‘pincha, shu jumladan O‘zbekistonda ham normativ usulda kambag‘allik 
aniqlanadi. Bu usulda eng zaruriy oziq-ovqatlar, iste’mol buyumlar va xizmatlar 
to‘plami (iste’mol savati) qiymati asosida aniqlanadi. Bu qiymat iste’mol 
byudjetini tashkil etadi. Eng kam iste’mol byudjetiga yoki uning bir qismiga (misol 
50 % foizi) to‘g‘ri keladigan daromad kambag‘allik chegarasi (kch) deyiladi. 
Hukumatimiz kambag‘allik chegarasidan past darajada yashovchi aholiga turli 
yordam ko‘rsatib, o‘zining ijtimoiy himoyasiga olgan. 
Mamlakat yoki hudud bo‘yicha kambag‘allikning vaqt (davr) mobaynida 
o‘zgarishi statistikada kambag‘allik indeksida ifodalanadi. Kambag‘allik indeksi 
(Jk) ushbu davrdagi kambag‘allik koeffitsientini (KK
1
) taqqoslanayotgan bazis 
davr kambag‘allik koeffitsientiga (KKo) bo‘lib topiladi. Ya’ni Jk = KK
1
: KKo: 
O‘z navbatida kambag‘allik koeffitsientlari esa joriy davr yoki bazis 
davrlarda kambag‘allik chegarasidan past daromadga ega bo‘lgan aholi (KCHPA) 
sonini barcha aholining tegishli davrdagi o‘rtacha soniga bo‘lib topamiz. 
KK
1

1
1
А
К
CHP
А
; KK
0

Ао
К
CHP
Ао

Bu ko‘rsatkichlarni statistik o‘rganish natijasida davr mobaynida 
kambag‘allik 
darajasining 
chuqurlashib 
borayotganligini 
yoki 
sayozlashayotganligini aniqlash mumkin. Bu yerda Jk >1 bo‘lsa, kambag‘allik 
darajasi chuqurlashayotganini bildiradi. Kambag‘allik darajasining sayozlashuvi 
umuman aholi turmush darajasining yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi. 
Kishilarning yashash minumimi – eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat (13 turdagi) 
mahsulotlari, 
nooziq-ovqat 
iste’mol 
buyumlari 
va 
xizmatlar 
to‘plami 
qiymatlarining yig‘indisidir. U «istemol savati» nomi bilan ataladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə