Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114
iqtisodiy statistika

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


115 
Mavzu XVIII. KORXONALARDA XODIMLAR MEHNATI
 
 
VA ISH HAQI STATISTIKASI 
 
Reja: 
 
1. Korxonalarda xodimlar harakati ko‘rsatkichlari. 
2. Xodimlar ish vaqti ko‘rsatkichlari statistikasi. 
3. Xodimlar mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari. 
4. Xodimlar ish haqi stastistikasi. 
1. Korxonalarda xodimlar harakati ko‘rsatkichlari 
 
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashda xodimlar mehnati muhim 
ahamiyatga ega. Xodimlar soni harakati va ularning mehnatini statistik 
o‘rganganda, ularni turli belgilari bo‘yicha o‘rganadi. Xodimlar xalq xo‘jaligi 
tarmoqlari bo‘yicha, bajaradigan funksional vazifalari bo‘yicha guruhlanishi 
mumkin. 
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha: sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish 
transport, sog‘liqni saqlash, maorif va shu kabi tarmoqlarda ishlovchi xodimlarga 
guruhlanadi. Bajaradigan ishlar bo‘yicha: ishchilar injener texnik xodim, 
xizmatchilar, xizmat qiluvchi kichik xodimlar, shogird-o‘quvchilar kabi 
guruhlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liq ishlarda ishlaydigan xodimlar ishchilar deyiladi va ular 
korxonalarda ko‘pchilikni tashkil etib, asosiy kuch hisoblanadi. Ilmiy texnik 
xodimlarga ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bilan bog‘liq 
maansablarda ishlayotgan rahbar xodimlar kiradi. 
Turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun o‘rtacha ro‘yxatdagi 
xodimlar soni, o‘rtacha ishga kelgan xodimlar soni kabi ko‘rsatkichlar aniqlanadi. 
O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar sonini aniqlash uchun kolendar kunlaridagi 
ro‘yxatdagi xodimlar sonining yig‘indisini kolendar kunlar yig‘indisiga bo‘linadi. 
O‘rtacha ishga kelganlar sonini topish uchun haqiqiy ishlagan kunlar yig‘indisi ish 
kunlari yig‘indisiga bo‘linadi. 
Korxonalarda xodimlar soni va ularning harakati kadrlar bo‘limi tomonidan 
yurtiladi va hisobotda ko‘rsatiladi. Barcha xodimlar doimiy, vaqtincha va 
mavsumiy ishga qabul qilingan guruhlariga bo‘linadi. Vaqtincha ishga qabul 
qilinganlarga 2 oygacha yoki vaqtincha ishlamayotgan xodimlar o‘rniga 4 oygacha 
ishga qabul qilingan xodimlar kiradi. Mavsumiy ishga qabul qilinganlarga mavsum 
davrida 6 oygacha mavsumiy ishni bajarishga qabul qilingan xodimlar kiradi. 
Ro‘yxatdagi xodimlarga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqqandan, ishdan 
bo‘shatish to‘g‘risida buyruq chiqqungacha bo‘lgan barcha xodimlar kiradi. 
Xodimlar harakati ko‘rsatkichlari: ishga qabul qilinganlar koeffitsienti
ishdan ketganlar koeffitsienti, turg‘unlik koeffitsientlari bilan ifodalanadi. 
Xodimlarning ishga qabul qilish koeffitsienti – hisobot davrida yangi qabul 
qilingan xodimlar sonini korxona xodimlarning o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə