Microsoft Word Jahon arxeologiyasi Masharipov Q


TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/73
tarix23.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#156978
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
34113 Jahon arxeologiyasi Masharipov Q

 
TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI 
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: 
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada 
yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, 
ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 
(a’lo) baho; 
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning 
(mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) 
bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, 
biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 
3 (qoniqarli) baho; 
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi 
hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan 
baholanadi.
IV. TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA UMUMIY QOIDALAR 
1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 
2. Yаkuniy nazorat, Tarix fakulteti fakultet dekani tomonidan ishlab chiqilgan (o‘quv 
ishlari bo‘yicha prorektor tasdiqlagan) Yаkuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq 
o‘tkaziladi. 
3. YAkuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini 
baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga 
oshiriladi.
Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy 
nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
4. Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan nazorat turlarini o‘tkazilish 
tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi 
hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin. 
5. Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar 
oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.
6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» 
(qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. 
YAkuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi 
bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 
7. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan 
taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi 
asosida ruxsat beriladi. 


55 
8. Talaba oraliqva (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan 
o‘taolmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli 
fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliqva (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash 
mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
9. Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba 
bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig‘ini, filial 
direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug‘I asosida 
kursdan qoldiriladi.
10. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan 
vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan 
apellyasiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 
kun ichida ko‘rib chiqiladi. Talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish 
huquqiga ega. Apellyasiya komissiyasi talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi 
bo‘yicha ushbu semestrda fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatilib qaror qabul 
qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini ta’minlaydi. 
11. Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» 
(a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə