Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   98
8. Tadbirkorning majburiyatlari. U quyidagilardan iborat: 
- tadbirkor amaldagi qonunlardan hamda o‘zi tuzgan bitimlardan kelib 
chiqadigan barcha majburiyatlarni bajarishi; 
- yollanib ishlayotgan xodimlar bilan qonunlarga muvofiq mehnat 
shartnomalari (bitimlar) tuzishi, yollanib ishlayotgan xodimlarni ijtimoiy va tibbiy 
sug‘urta qilishi; 
- ishga jalb etilgan barcha xodimilar bilan tuzilgan bitimga muvofiq, 
korxonaning moliyaviy axvolidan qat’iy nazar, to‘la hisob-kitob qilishi; 
- maxsus bilim va kunikma talab qilinadigan ishlarga faqatgina zarur 
tayyorgarlikka ega, kasb-kori jihatidan yarokli va tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan 
shaxslarnigina jalb etishi muqarrardir. 
9. Tadbirkorning ma’suliyatlari. 
Soliq va kredit majburiyatlarining, tuzilgan bitimlarining ijrosi, boshqa 
sub’ektlarning mulkiy huquqlarni bo‘zganligi, bexatar mehnat sharoitlariga rioya 


26 
etmasligi, iste’molchilarga odamlarning salomatligiga zarar yetkazadigan mahsulot 
yetkazib berganligi, atrof-muhitga zarar yetkazganligi, yakka hokimlikka qarshi 
qonunlarni bo‘zganligi uchun, tadbirkor o‘z mol-mulk doirasida amaldagi 
qonunlarga muvofiq javobgar bo‘lib hisoblanadi. 
Mulkiy da’volar tadbirkorning merosxurlariga ham taalluqli bo‘ladi, lekin 
ular meros qilib qoldirilgan mol-mulk hajmidan oshmasligi zarur. 
10. Moliya va kredit munosabatlari. 
Foyda, amortizatsiya ajratmalari, kimmatli kogozlarni sotishdan tushgan pul, 
mehnat jamoasi a’zolarining, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarning pay va o‘zga 
badallari, shuningdek, boshqa tushumlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil 
etuvchi manbalardir. 
Korxona tijorat shartnomasi asosida bank kreditidan, boshqa korxonalarning 
kreditlaridan ham foydalanadi. 
Tadbirkor pul mablag‘larini saqlash hamda barcha turdagi hisob-kitob, 
kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun korxona ro‘yxatga olingan 
joydagi har qanday bankda, boshqa joydagi bankda esa - shu bankning roziligi 
bilan hisob-kitob raqamlari va boshqa hisob raqamlari ochishi ham mumkin. 
Ish haqi to‘lash va byudjetga to‘lovlar barcha korxonalar uchun birinchi 
galdagi to‘lovi bo‘lib hisoblanadi. Hisob-kitoblarning boshqa turlarini korxona 
kalendar tartibiga muvofiq amalga oshiradi. 
Korxona haridor (iste’molchilar) ga qarzga olingan mablag‘ uchun foyda 
to‘lash tartibida qarzga mahsulot yetkazib berishi, ishni bajarishi va xizmat 
ko‘rsatishi mumkin. Bunday savdo bitimlarini rasmiylashtirish uchun korxona 
xo‘jalik oborotida vekselni qo‘llashi mumkin. Korxona foiz to‘lash sharti bilan 
boshqa korxonalarga kredit berishi ham mumkin. 
Hisob-kitob qilish yuzasidan o‘z majburiyatlarini muntazam bajarmaydigan 
korxona bank tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilinishi mumkin. Bunday 
korxonalarga ta’sir o‘tkazish choralari va ularni qo‘llash tartibi banklar tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 
11. Tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va uni 
qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari. 
Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda 
qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi, erkin raqobat uchun shart-
sharoit yaratadi, moddiy, moliyaviy, mehnatga oid va boshqa resurslardan 
foydalanishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydi. 
Vazirliklar, davlat kumitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining kichik va xususiy tadbirkorlik masalalariga oid, hamma uchun 
majburiy bo‘lgan normativ hujjatlari tegishlicha Adliya vazirligida, uning mahalliy 
organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, davlat ro‘yxatiga olinishi zarur, bu 
hujjatlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
 
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining xizmat yoki tijorat 
siri bo‘lgan axborotlarning himoya qilinishi kafolatlanadi. 
Davlat organlari va boshqa organlarning, ulardagi mansabdor shaxslar va 
xodimlarning, me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan xollarni istisno etganda, 


27 
kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Davlat organlari yoki boshqa organlarning hamda ulardagi mansabdor 
shaxslarning kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini buzuvchi 
xatti harakatlari (qarorlari) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi ham mumkin. 
Shuni ta’kidlash lozimki, davlat organlari yoki boshqa organlarning yoxud 
ulardagi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) tufayli kichik va 
xususiy tadbirkorlik sub’ektiga yetkazilgan zarar, boy berilgan foydani kushgan 
holda, shu organlar tomonidan qonuniy ravishda koplanadi. Zararni koplash 
to‘g‘risidagi nizolarni faqat sud organlari tomonidan belgilangan tartibda hal 
etiladi. 
Davlat tomonidan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mol-mulki 
olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan xollar va tartibda 
olib qo‘yish bundan mustasnodir. 
Kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish, rivojlantirish jarayonlarini 
tartibga solish va rag‘batlantirish davlat tomonidan normativ-huquqiy negizni 
takomillashtirish, infrastrukturani shakllantirish hamda kichik va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun shart-sharoit yaratish asosida iqtisodiy 
ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Bu borada mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida: 
-
kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun mahalliy soliqlar va 
yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar belgilaydi; 
-
kichik va xususiy tadbirkorliknp rivojlantirishning xududiy dasturlarini 
ishlab chiqadilar; 
-
kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini 
aniqlaydilar. 
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Vazirlar Maxkamasi va 
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan kichik va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat hamda xududiy dasturlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat va xududiy 
dasturlari bozor infrastrukturasini vujudga keltirishni, qo‘lay tadirkorlik muhitini 
shakllantirishni hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni iqtisodiy 
rag‘batlantirish tadbirlarini o‘z ichiga oladi. 
Dasturlarni moliyaviy ta’minlash kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash fondlari, xalkaro dasturlar bo‘yicha, xususiy va boshqa manbalardan 
jalb etilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 
Kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash fondlari tomonidan 
ajratiladigan mablag‘lar quyidagi maqsadlar uchun beriladi: 

kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya 
loyihalarini moliyaviy ta’minlash; 

ustav sarmoyasida ishtirok etish; 

maslaxat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnik jihatdan 
ko‘maklashish; 

infrastrukturani rivojlantirishga ko‘maklashish; 


28 

olinayotgan kreditlar uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish 
yo‘li hamda qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllari bilan kichik va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun hosil 
qilinadi. 
Qishloq joylardagi kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini, shuningdek 
raqobatbardosh va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va 
shunday xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini 
barpo etish kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishning 
ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi. 
Kichik va xususiy korxonalarni barpo etishda davlat tasarrufidan 
chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan asosiy fondlar qiymatining imtiyozli 
indeksatsiyasi qo‘llaniladi. 
Qishloq joylardagi kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari imoratni ijaraga 
olish yoki sotib olishda, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlarini ular 
joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda sotib olishda brinchi navbat huquqiga 
egadirlar. 
Davlat boshqaruv organlari kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari 
zamonaviy uskuna va texnologiyalar olishga, texnoparklar, lizing korxonalari, 
biznes inkubatorlar, ishlab chiqarish-texnologiya markazlari va infrastrukturaning 
boshqa ob’ektlari tarmog‘ini barpo etishga yordam berish yuzasidan tadbirlar 
ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydilar, ixtisoslashgan ulgurji 
bozorlar, yarmarkalar barpo etish va tashkil etishda yordamlashadilar. 
Davlat boshqaruv organlari mahsulotlar harid etish va yetkazib berish, 
xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnomalarni tuzish vaqtida buyurtmalarni tanlov 
asosida kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga taqsimlab berishlari ham 
mumkin. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘z mahsulotlari va xizmatlarini, 
mavjud talab-ehtiyojlardan kelib chiqib erkin baholarda realizatsiya qiladilar. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan, shu jumladan qishloq joylarda 
faoliyat olib borayotgan yoki raqobatbardosh va eksportga mo‘ljallangan mahsulot 
ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari 
uchun birmuncha noqo‘layrok sharoitlarni yuzaga keltiradigan o‘zgartishlar 
kiritilgan taqdirda, mazkur sub’ektlardan keyingi 2 yil davomida ular davlat 
ro‘yxatidan utgan paytdan amalga bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq 
undiriladi. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishlab chiqarish chiqimlariga 
mo‘ljallangan 
harajatlarga 
kiritib, 
asosiy 
ishlab 
chiqarish 
fondlarining 
tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan 
normadan 2 martadan ko‘proq oshib ketmaydigan miqdorda qo‘llanishga haqlidir. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari 3 yildan ko‘proq muddat 
davomida ishlatilib, amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan asosiy fondlar 
dastlabki qiymatining 50 foiziga qadarini hisobdan chiqarishga haqlidirlar. 
Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan e’tiboran 2 yil utgunga 
qadar o‘z faoliyatini tugatgan taqdirda qo‘shimcha ravishda hisoblab chiqarilgan 


29 
(tezlashtirilgan) amortizatsiya so‘mmasi kichik yoki xususiy korxonaning balans 
foydasi ko‘payishi hisobiga qaytariladi. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozli kreditlar berish 
maxsus fondlarning ixtisoslashtirilgan agentliklari tomonidan sug‘urta polisi 
asosida amalga oshiradilar. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalariga imtiyozli kreditlarni berish 
kichik va xususiy tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlash Fondi (Biznes-fondi) tomonidan 
amalga oshiriladi. Respublika Davlat mulk kumitasi ushbu maqsad uchun 
xususiylashtirish va davlat tasaruffidan chiqarishdan tushgan tushumlar hisobidan 
50 foiz mablag‘larni Biznes- fondga o‘tkazadi. O‘z navbatida Biznes-fond kichik 
va xususiy tadbirkorlikni sug‘urtalash bo‘yicha himoya qilishni “Madad” sug‘urta 
agentligi va boshqa maxsus agentliklarning tavsiyanomalariga asosan imtiyozli 
kreditlarni ajratadi. Mazkur ixtisoslashgan sug‘urta agentliklari tadbirkorlik 
tavakkalchiliklaridan 
hamda 
kreditlar 
koplanmaganligi 
uchun 
qarzdorni 
javobgarlikdan imtiyozli shartlarda sug‘urta yo‘li bilan himoya qilish majburiyatini 
o‘z zimmasiga oladilar. 
Tijorat banklari kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga zarar 
yetkazganligi uchun, shu jumladan boy berilgan foyda tarzida zarar yetkazganligi 
uchun me’yoriy (qonun) hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 
Tijorat banklari kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga bankdagi o‘z 
hisob varakalaridan o‘z mablag‘larini olishni rad etishga haqli emaslar.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə