|
Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com docwww.ziyouz.com
кутубхонаси
105
harorat yetsa, uni Shayx nafasidan deb bilsin va bu asardan fayz topib, o'z murodi
maqsadiga erishsin. Bunda bizni ham u bilan bir qatorda ko'rib, ko'ngli ikkilik sari mayl
qilmasin.
CXC
Tamsil
Bir tolib kishi ko'ngliga ishtiyoq tushgan holda qiynalib, shahar oralab ketib bormoqda
edi. Ko'chada yiqilib yotgan devorni ko'rdi. Uning atrofida kishilar to'planib, mojaro
qilmoqda edilar. Chunki odamlar bu katta ko'chadan o'tib qaytishar, bugun esa devor
yiqilib, ular o'tadigan yo'lni berkitib qo'ygan edi. Odamlar:
- Yo Rab! Endi qaysi tomondan o'tamiz? E voh, buni endi kim imorat qiladi? Kim bu
devorni qaytadan urishga kirishadi?! - deyishardi.
Shu tariqa birmuncha muddat yo'l tamoman bekilib qolib, barcha kishilar yo'ldan o'ta
olmay, ojiz qolishdi.
El ichida ana shu xil iztirob va chorasizlik bo'lib turgan paytda ular qoshiga umidvor
tolib yetib keldi. Bu holatni ko'rgach, ko'ngliga xush yoqib, faryod chekkancha, hayajon
bilan o'zidan ketdi. El uning bu holatidan taajjubga tushib: "U bekordan-bekorga,
asossiz ravishda chinqirib, o'zidan ketdi",- dedilar. U hushiga kelgach, istak va maqsad
dashtida ovora bo'lgan bu bechoradan hol-ahvol so'radilar. U shunday dedi:
— Men bu yerda to'planib turgan kishilami ko'rdim, ammo ularning nima uchun
yig'ilganliklarini bilmadim. Lekin avvallari bu tomondan o'tayotganimda devorga bir
nazar tashlab o'tar edim. U doim bu tomonga qiyshayib borar edi. Mana bugun u yiqilib
ham tushibdi. Bu oddiy jonsiz tuproq bu xil sifat ko'rsatib, oqibatda o'zi istagan tomonga
yiqilib tushibdi. Men esa o'zimdan noumid bir holdaman, istagan maqsadimdah ham
behad yiroqdaman. Devor menga bu ramzni oshkor etgach, men umidsizga ham umid
yuzlandi: haq meni qayoqqa boshlasa, o'sha yoqqa mutlaq yo'llasin! Mening asosiy
murodim faqru fanoga erishmoq edi, bu mushkilni menga Haqning o'zi oson qildi.
Bugun menga shunday baxt yor bo'lib, beixtiyor shu holatga tushdim.
Dostları ilə paylaş: |
|
|