Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
102
bog'lanadi. Ilm va aql egalari yaratuvchilik qudratingga lol, ulardan har birining har dam
hayrati ortadi.
Ushbu hayrat maslagida qo'limdan tutib, bu hayratlanish ichra yo'limni ko'rgazgil!
Hayrat ichra meni sargardon qo'ymasdan, osongina o'z vasling sari tortgil!
CLXXXIV
Tamsil
Bir kamtar va xoksor oshiq bor edi. U bir toshmehr ishqiga mubtato bo'ldi. Bu g'amda
qanchalik o'rtanmasin, unga diydor ko'rishmoq davlati nasib etmas edi. O'z vaqtini
hijron g'amida vasl yodidan ko'p armon chekish bilan o'tkazar edi. Uning ranj tortishi va
zorligi haddan oshib, jismiga bemorlik yuzlandi. Chunki uning ko'ngli endi sevimli
yoridan butunlay umidini uzgan, shu tufayli jonida qayg'u o'ti mahkam o'rnashib olgan
edi. U o'ziga o'zi shunday der edi:
— Yo Rab! Mening murodim shuki, navnihol hursifatli sarvim qoshimga kelsayu men
uning yuzini bir ko'rsam, unga ko'nglimdagi g'amimdan bir-ikki og'iz so'z aytsam!
Xalqning oshiq holiga rahmi kelar, kishilar uning mehrsiz dilbarini zulm qilmaslikka
chorlab, ko'p nasihat qilishar edi.
Nihoyat ma'shuqani g'amgin oshiq yoniga keltirdilar, bu bilan go'yo uning huzuriga
umrini boshlab kelgandek bo'ldilar. Nozanin oshiq ko'nglini talon-toroj qilgancha kirib
keldi va xastaning hojatini chiqarmoqchi bo'lib:
— Ko'nglingda qanday gaping bo'lsa, aytgin,— dedi.
Oshiq uning yuziga hayrat bilan ko'z tikkancha qoldi. Uning till hayronlikdan lol bo'lib,
tani zaiflikdan behollikka yuzlandi. Hayrat uning hushini boshidan uchirib yubordi. O'z
dardini aytmoqchi bo'lgan oshiq shu tarzda gung bo'lib, xomush qoldi. Hushiga kelganda
yori allaqachon ketib bo'lgan edi. Bundan oshiqning kasalmand taniga mushkil holat
yuzlandi. Hayratdan bu notavon zaif bir so'z ayta olmasdan jonini topshirdi.
Dostları ilə paylaş: