Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   111
 
CLXXIX 
Ma'rifat yo'li borasida munojot 
Ey insonni ma'rifat koni qilib, uning ko'nglini ma' rifat jahoni aylagan! Ma'rifatni har 
kimga taqsimlab, jahonda unga orif -biluvchi deya ism qo'yding. Kimlarni ma'rifatga 
muyassar etgan bo'lsang, ularning holatini turlicha qilding. Bunda har bir kishining sayr 
etishini o'z kamoliga moslashtirdimg. Har bir kishining yaqinligini uning turmushiga 
yarasha qilib berding. Bu biyobon yo'lini behisob etding, ular yo'lovchi uchun 
cheklanmagandir. 
Yo Rab! Bu yo'llardan qaysi biriga solik ma'rifat istab kirsa, u senga olib boradi! Ovora 
Foniyni ham shu yo'lga sol! Yo'lni bosib o'tgach, visol nasib etgil. 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
101
CLXXX 
Tamsil 
Bir solik shoh oldidan o'tib bormoqda edi. Shoh bu ogoh kishiga qarab: "Kel, yonimda 
bir nafas o'tir, nimaiki orzu qilsang, muhayyo etay!"- deya iltimos qildi. 
Solik unga shunday dedi: 
- Allohni taniganimdan buyon undan boshqa hamma narsaga ma'yus ko'z bilan 
qarayman. Bu o'tkinchi dunyoda uni tilab topishdan boshqa yana bir narsa bormi o'zi? 
Agar kerakli biron narsa so'rasam, uni ham menga Haq beradi. Bu sohada men senga 
muhtoj emasman! 
Yo Rab! O'sha solikda qanday sifat mavjud bo'lsa, Foniyga ham o'shanday ma'rifatni 
nasib et! Uning dodiga yetib, nodonlik, jabr va zulmdan qutqar! Uni ham o'ziga, ham 
o'zingga orif et! 
 
CLXXXI 
Istig'no yo'li adosida munojot 
Ey dargohing yuz falakdan ham kengroq bo'lgan! Ostonang ming Zuhaldan
1
ham 
yuksakroq turgan! Osmon va yulduzlar sening oldingda qanday vujudga ega boisin? 
Ularning borligi yo'qlik bilan tengdir! Olamni yo'q qilish yoki bor qilish sen uchun 
xamirdan qil sug'uigandek gap. Alloh-Alloh! Bu ne qadar ulug' martaba, bu ne 
ehtiyojsizlikdir. sening huzuringda bir cho'loq chumoli va o'rmon sheri bo'lsa ham, 
bo'lmasa ham birdek hisob! Men o'rmon sheri emas, balki cho'loq chumoliman. 
Shunchalik ojizmanki, hatto u chumoli ham mendan yuz marta or qiladi. Boshqalarga 
men zorni ehtiyojsiz et! Faryodimga yetib, kishilarga meni muhtoj etma! 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə