Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
100
qaytardi.
Shunda xabardor shayx hojiga dedi:
— Ey talabdan aslo xabar topmagan kishi! Axir uy egasi yo'lda sening hamrohing, har
qadam qo'ygan yo'lingda ogohing edi-ku! Seni o'z uyiga yetkazgan ham — o'sha! Olib
borgan va qaytarib kelgan ham uning o'zi! Senda buni fahmlash uchun farosat
yetishmas edi. Shuning uchun garchi tolib bo'lsang ham, sening bu harakating
nuqsonlidir.
Yo Rab! Meni bu talabda komil etgil! Matlubimdan sira g'ofil qilmagil! Intilishimda
Mmki hamrohlik qilsa, u hamrohdan menga ogohlik bergil!
CLXXVII
Ishq yo 'li haqida munojot
Ey ko'ngilni ishqidan ravshan qilib, hajr tikanzorini gulshan etgan! Ishqing o'tidan oy
va quyoshga yorug'lik yetishadi, shuning uchun ham ulardan tunu kun nur yog'ilib
turadi. Ishqing chaqmog'i jonlarga o't soladi, shu'lasidan obodu vayronlarga o't tushadi.
Ishqing jonni o'rtaguvchi bir otashin yulduz bo'lsa, uning siri pok bir gavhardir. Jonimga
o'sha yulduzdan nur yetkaz! Ko'nglimni ishqing bodasi bilan mast qil: bundan men xuddi
mayparast kabi mast bo'lay! Bu may bilan meni behush ayla! Aqlim o'rtadan
ko'tarilgach, meni faslingga vosil et!
CLXXVIH
Hikoyat
Omir qabilasidagi Qaysni ishq mag'lub etgach, uning aqli hushi ishq aro jinnilikka yuz
tutdi. U Layli ishqida shunchalik mag'lub ediki, go'yo istovchi uyu, bu esa istalgandek
edi. U bu ishqqa shunchalik qorishib ketgan ediki, bunda u xuddi mutlaq Laylining
o'zginasi edi, ya'ni ishqda Layli bilan bir butunlikka erishgan edi.
Kunlardan bir kun birov undan: "Oting nima?" - deb so'radi. U: "Layli",- deb javob
qildi.
— Buni qanday isbot qilasan?- debdi boyagi kishi.
— Kimningki zoti Layli bo'lsa, buni isbotlab o'tirishga hojat yo'q! Garchi bu senga
shak bo'lib tuyulsa ham, menga aniqdir!- deb javob berdi u.
Bunday oshiqlikka yuz ming ofarin boisin!
Meni ham ishq o'tiga yondirgil! Ishq yagonaligi ichra meni ham ma'shuq etgil! Unda
ishqqa cho'mishni menga qismat etki, o'zligimga bo'lgan munosabatim butkul uzilsin!
Ishq aro Foniyni nobud aylagil, so'ngra ishqing birla mavjud aylagil!
Dostları ilə paylaş: