Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
97
uning xato va nuqsonlarini karam yuzasidan avf qil, yozgan yaxshi-yomon yozuvlari
uchun kechir. Men nima haqida qalam surgan bo'lsam, sendan yozdim, sendan o'zga
haqida so'z yuritmadim, menga shuning o'zi yetarlidir. Ortiq yoki kam degan bo'lsam
ham sendan dedim, chin yoki yolg'on aytgan bo'lsam ham sendan aytdim.
Sening sirlaring menga qanchalik ayon bo'lgan bo'lsa, ularni qush tili bilan bayon qilib
berdim.
Bu dam xuddi chala so'yilgan qushdek o'zimni yo'qotib, qush tili bilan senga
yolvormoqdaman. Chunki barcha qush ham shirin so'z aytish, nozik ma'no va
chechanlikka ega bo'lavermaydi. Agar bulbul lutf bilan ajoyib dostonlar aytsa, qarg'a
yoqimsiz kuylarni haddan oshiradi. Bas, shunday ekan, barcha qushning kuylashi dilga
xush kelavermaydi, barcha qushning nag'masi dilkash bo'lavermaydi.
Men ular tilidan so'z aytdim, albatta, barcha qushning sayraslii bir maqomda
bo'lmagan. To'ti va shorik(mayna) odamga o'xshash gapira olsalar-da, har birining nutqi
o'zgachadir. Ular sayrashida tafovut mavjud bo'lib, biri haq haqida so'z aytsa, ikkinchisi
but haqida so'z deydi. Birida shak bo'lsa, yana birida din mavjud.
Ammo Foniyning kufru din bilan ishi yo'q. Chunki u har nima aytgan bo'lsa, sen
tufayli aytdi! Sen uning xatolariga pardapo'shlik qilgin, toki u ham fano bazmida bir
qultum may icha olsin! Unga fano jomini nasib etganingda, baqo iqbolini bermoqlikni
ham unutma!
Dostları ilə paylaş: