|
Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com docwww.ziyouz.com
кутубхонаси
96
o'ziga xush yoqqan bu so'zlarni aytib turganida, uning oldiga oy yuzh dilbar yetib kelib,
u aytgan so'zlarni pana joydan turib eshitdi. So'ngra yurib uning qoshiga keldi va
shunday dedi:
- Sen aytgan bu ta'riflar men uchun kinoyadan beshqa narsalar emas. Men ulardan
nihoyatda or qilaman. Qomatimni sarv deb aytding, ammo sarv mening qaddim kabi
xirom eta oladimi?! Yuzimni gul deding, lekin qaysi gulda men kabi yuz balolik ko'z va
qosh bo'ladi! Ko'rinishimni tovusga qiyos qilding, qachon tovus elning aqlu hushini
olibdi?! Yurishimni qirg'ovulga o'xshatding, ammo qay bir qirg'ovul kishilar qatliga sabab
bo'la olgan?!
Oy yuzli go'zal g'azab bilan bu so'zlarni aytib, unga xitob etdi. Oshiq unga javob
qaytarishdan ojiz bir holga tushdi:
-
Men xato qilib qo'ydim, bundan nihoyatda sharmandaman, shunday bo'lsa-da, seni
vasf etuvchi bir gunohkor bandaman!
Oy ko'rinishli bu so'zlarni eshitib, shu zahotiyoq:
- Jahondan vujudingni yo'q qilib yuboraman!— deya unga g'azab qildi.
Devona o'zini yerga tashlagancha zor yolvorib, shunday dedi:
- Ey husni bilan parilar va hurlarga oriyat keltirgan. Men sen to'g'ringda nima so'z
aytgan bo'lsam, ularning barchasi senga bo'lgan muhabbatim tufaylidir, ixlosim va
do'stligim tufaylidir. Ularda hech qanday shikoyat, o'rinsiz ta'na-dashnomlar va
kinoyalardan asar ham yo'q.
Ammo seni maqtab, vasf etishda kamchilikka yo'J. qo'yibman: buni tan olaman. Endi
o'zing marhamat ko'rsatmasang, holim xarob bo'ladi. Men aytgan bu so'zlarni
nodonlikka yo'ysang, ularning barchasini jaholat va bilmaslikdan deb hisoblasang.
Chunki uyat men telbani halok qilmoqda, agar sen ham o'ldirmoqchi bo'lsang, bu endi
menga og'ir zahmat bo'lib tushadi!
Telba o'z nuqsonini bo'yniga olib, uzrxohlik qilgach, parivash ham lutf ko'rgazib,
uning qonidan kechdi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|