Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
103
dam uning husniga nazar tashlab, o'zidagi shavq o'tiga chora topmoqchi bo'ldi. U behad
zavq-shavq bilan unga boqdi, ishq uni boshqacha tusga kiritdi. Shoh mahvashiiing
oyoqlariga o'zini tashlab, shavqqa to'lgan holda ko'zlarini Ayozning tovoniga surta
boshladi. Ayoz esa uzrxohlik bilan oyog'ini tortib olmas edi.
Shoh nozanin uyg'oq ekanligini bildi. Unga shunday dedi:
— Ey Ayoz, sendan jonimda dog' hosil bo'lmoqda! Mendagi senga bo'lgan shunday
muhtojlikni ko'rib, nega bunchalik beandoza noz qilding? Nega oyog'ingni yig'ib,
o'rningdan turib o'tirmading? Bizga mehr izhor aylab, biron so'z demading?
Shunda gulyuzli Ayoz dedi:
- Ey sohibnazar shoh! Menda u dam “menlik”dan asar bormidi? Menda u dam
"menlik" batamom yo qolgan bo'lib, biron kishiga uzr aytish uchun majol ham qolmagan
edi. U dam Ayoz yo'q edi, faqat shoh bor edi, ham unga oshiq, ham unga suyukli edi.
(
Vahdat kimga bunday g'avg'o solsa, unda sultondan Ayozning farqi bo'lmaydi. U birlik
olamidan xabar topadi. "Menlik" va "senlik"dan unda asar ham qolmaydi.
Dostları ilə paylaş: