Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
99
ziynatlarga ega bo'lgan qanotlar chiqaradi. Havoga ko'tarilib, atrofga nazar tashlaydi va 
o'rmonni ko'radi hamda o'tin yig'a boshlashga kirishadi. U ham umri davomida o'tin 
to'plab, bu ish oxirida bir dilkash un tortadi. Uning yoshi poyoniga yetgach, u ham o'z 
otasi nima ish qilgan bo'lsa, o'sha ishni qaytaradi. 
Shayx go'yo o'sha avvalgi qushga o'xshaydi. U ham umrini kuy aytish bilan o'tkazadi. 
U shunday ajoyib dilkash navo bilan sayradiki, uning kuyi barcha vahshiy hayvonlar va 
qushlarni o'ziga rnaftun etdi. Barcha uning bu ofat yetkazuvchi navosidan nobud bo'lib, 
xirmon va uning egasi kabi kulga aylandi. Ammo o'sha kul ichidan cho'g'dek yaltirab, 
balki cho'g' ichidan samandar kabi chiqib kelgan bir qush bolasi bor edi. Avvalgi qush 
qanday holatda kun kechirgan bo'lsa, bunda ham o'sha holat zohir bo'ldi. Bu ham yana 
o'shancha xirmon jam etdi va uning ham umri nihoyasiga yetdi. Gulshan va davrondagi 
har xil qushlar, faqatgina qushlar emas, balki vahshiy hayvonlarni ham o'z atrofida 
yig'di. Tumshug'idan yuz xil navo chiqardi, bu navolarning barchasi haqning yashirin 
sirlari haqida edi. U ham o'ziga, ham xirmonga o't solib, o'zini va o'zgalarni kuydirdi. 
Men uni ota, o'zimni o'g'il deb atamay, u bir oliy sifat shoh bo'lsa, men uning bandasi, 
quliman. 
Chunki avval u bu olovda kuyib, barcha olamga o't soldi. So'ngra bu o'tdan bironta 
kimsa menchalik kuyib-yonmadi, olamni o'rtovchi va dunyoni yorituvchi shu'la bo'lib 
porlamadi. 
Qush tili vositasida shu'lalar paydo qilib, ham o'zimni, ham elning kul bo'lishini bildim. 
Bu dunyo otamdan nimaiki ko'rgan bo'lsa, menga ham u nasib bo'ldi. Olam elini ham, 
o'zimni ham o'rtadim. So'zni ham qush tilidan o'zgacha qilmadim. Umidim shuki, bu fano 
yolqini barcha kuyganlarga abadiylik ato etsin. 
 
CLXXV 
Talab yo'li borasida munojot 
Yo Alloh! Barcha mavjudot senga intiladi, sen ularga matlubsan ham muhabbat ahliga 
mahbubsan! Ikki olamdagi barcha mavjudot seni axtaradi, senga moyil bo'lganlar 
boshqa narsaga xohish qilishdan o'zlarini chetga tortadilar. Sendan o'zga, garchi u 
malak yoki pari bo'lsa-da, tolib bo'lib izlashga arzimaydi. Jannat va kavsar bulog'ini 
ham, jannatdagi to'bi daraxtiyu huriarni ham sensiz istash qusurlidir. 
Jonu ko'nglimni o'zingga tolib et! Dard ila ishqingga shavqimni g'olib et! Ham menga 
talab zavqini vosil qil! Ham yana tilab topmoqni hosil qil! O'zingdan boshqani 
ko'nglimdan chiqarib tashla! Unda seni eslashni qalbim huzuriga aylantir! 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə