Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
31
Hudhud qavmga shunday javob berdi: 
— U bir olijanob shahanshohdir. Uning butyn olam go'zalligini o'zida saqlovchi zoti 
avval maxfiy bir xazina edi. Ammo uning bu go'zalligini namoyon qiluvchi ko'zgu yo'q 
edi. U o'z ko'rinmog'ini orzu qilib, asta-sekin jilvalana boshladi. Bu jilvalanish jarayonida 
quyosh kabi yuz tuman ming soya oshkor etdi. Soyalar qanchalik pokiza jilvagar bo'lsa, 
ularga shunchalik ko'p e'tibor berdi. Olamdagi barcha qushlarning shakli, bilgilki, uning 
hikmatga to'la soyasidan iboratdir. 
Sen bu hikmatdan voqif bo'lding. Sen bilan Simurg' o'rtasidagi nisbat ana shudir. Sen 
buning ma'nosini yaxshi tushunsang, ey nozikfahm jondosh, uni o'zgalarga oshkor etib, 
fosh qilma. Bu sir kimga kashf o'lsa, u xayolga cho'madi va o'zining haq ekanligiga 
ishonchi komil bolib, hayratdan "Alloh saqlasin!" deydi. Chunki haqqa cho'mib, u bilan 
bir butunlikni tashkil qilganini haqdan bo'lak yana nima deyish mumkin? Ya'ni uni haqqa 
qorishib ketgan deb aytish kerak! 
Sen o'zingning kimga soya ekanligingni va o'zingning tub negizingga yaqin 
ekanligingni fahmlab olding. Agar Simurg' o'z soyasini istab, jilva etmaganda, soya egasi 
bo'lmas edi. Bordi-yu Simurg' o'zini yashirin tutishni xohlasa, uning soyasi hech qachon 
ayon bo'lmasdi. Zeroki, soyaning oshkor bo'lmog'i soya beruvchining vujudi haqida dalil 
bo'la oladi. Sening ko'zlaring Simurg'ni ko'ra oluvchi bo'lmaganida edi, ko'ngling 
ko'zgudek munavvar bo’lmas edi. Bunday ko'zga ega bo'lmasdan turib, uning yuzini 
ko'rish mumkin emas, bundan boshqacha bo'lmaydi. U o'z husniga oshiq bo'lishlarini 
istab quyosh kabi bir ko'zgu paydo qildi. Toki bu ko'zguda o'zi jilva va noz aylab 
namoyon bo’lsayu husniga oshiq bo'lganlarni bilsa. Ey dil ahli, bu ko'zgu ko'ngul bo'lib, 
haq unda muttasil jilva qiladi. U o'z husnining jilvasini namoyon etdi, sen esa unga o'z 
ko'ngluhg bilan oyinadursan, ya'ni ko'ngling orqali uni bila olasan. 
LXXVI 
Husnini namoyish qilishga ko'zguni vosita qilgan shoh hikoyati 
Jamoli osmondagi to'lin oy kabi bir shoh bor edi. Dunyodagi barcha mohpaykar 
go'zallar unga sipoh erdilar. U esa ularning shohi edi. Uning qomatidan sarv ham hijolat 
tortar, orazidan quyosh ham sharmanda bo'lar edi. Olamni uning go'zal yuzi ovozasi 
tutgan edi. Hamma o'sha halok qiluvchi husnni ko'rishga oshiqardi. Uning husnining 
g'avg'osi olamni tutib, ishqining yag'mosi jon ichra tutashgan edi. Jahonga shunchalik 
chiroy baxsh etuvchi bu husn egasi bundan yuz ming marta ortiqroq nozu istig'noga 
ham ega edi. U goho maydonga ot o'ynatib chiqib qolgudek bo'lsa bormi, oldiga kelgan 
kishi uning husnini ko'rgan zahotiyoq jon taslim etardi. Shu tarzda u javlongohdan sayr 
etib chiqquncha yo'li halok bo'lgan el bilan tirband bo'lib ketar edi. Xususan, husnidan 
bu olamda g'avg'o, zulmidan jon mulkiga talon-toroj ko'p tushgan edi. 
Xalq uning qatlidan behad qirildi va u o'z jamolini elga ko'rgazmoqni xayol qildi. Uning 
hukmi bilan bir ko'zgu yasab, taxti oldida o'rnatdilar. Qasr yonida esa ko'zgu aksi 
tushadigan yulduzday charaqlovchi bir manzar yasatdi. U oyinaga qarab, o'z husniga 
nazar solar va el ham o'sha manzar vositasida undan bahra olar edi. Toki bunday 
ko'zguni yasamagunlaricha, unga ko'z tashlagan kishi uning husnidan bahramand 
bo'lmadi. Shunday qilib, ham uning o'zi o'z husnidan bahra topdi, ham unga qaragan 
kishilar bahra oldi. 
Sen bu ko'zguni ko'ngil deb xayol qilgin, unda o'sha jamol o'z aksini ko'rsatdi. Qasrni 
inson tanasi, undagi ko'zguni ko'ngil deb bil va bu ko'zgudagi shoh husniga nazar tashla. 
Avval ko'zguga jilo berilmasdan turib, shoh unga o'z aksini solmaydi. Uning husni aksini 
ko'zguda aks etmoqda deb anglagin va o'zingni uning qarshisida tomosha qilib turgan 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə