Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
32
deb hisoblagin. 
Ko'zgu qanchalik ravshan bo'lsa, aks ham shunchalik benuqson namoyon bo'ladi. 
LXXVII 
Iskandarning elchilikka borganligi hikoyati 
Bir kun Iskandar shunday qarorga kelib, o'zini o'zi elchi deb tayinladi. Uning bu ishi 
xuddi Simurg' (qushlar podshosi)ga noma eltuvchi kabutarni eslatardi, ya'ni u shoh 
maktubini olib boruvchi elchi vazifasini bajarishi lozim edi. U o'sha elchi borishi kerak 
bo'lgan mamlakatga elchilarga xos tartibda yetib bordi va u yerdagi kishilarga 
"Iskandarning so'zi budir.." deb aytdi. Qizig'i shuki, uning o'zi Iskandar edi. U xuddi 
elchilardek so'z bayon etar, o'zi o'z hukmini ularga yetkazar edi. Xalq uning Iskandar 
ekanligini qayerdan bilsin?! Hamma uni mamlakat hokimining chopari deb hisoblardi. 
Elga sanoqsiz farmonlar yetkazib, elchi sifatida o'z maqsadini amalga oshirdi. Bu holatni 
xalqning mingdan biri ham bilmadi, hech kirn bu parda naqshida qanday maqsad bor 
ekanligini payqamay qoldi. 
Sen ham shoh haqida so'z yuritasan, unga erishmoqni istaysan, ammo quruq 
cho'pchak aytish bilan bunga erishib bo'larmidi? 
Qushlar shu tarzda bu so'zlardagi pardali ma'no va sirlami bilib oldilar. Hamma o'z 
maqsadlariga erishish yo'lini bilib, istagan narsalariga bo'lgan muhabbatlari yanada 
ortdi. Shunday qilib, peshvo Hudhud iliq so'zlar aytib, begonalarni oshno etadi.Yana 
qushlarning barchasi unga shunday savol bilan murojaaj qilishdi: 
- Ey to'g'ri yo'l ko'rsatish amrida sohibjamol! Biz haddan tashqari zor va zaif, joni 
kuchsiz, tani ozg'in va nimjon bir to'damiz. Oldimizda turgan ish nihoyatda ulkan, yo'l 
esa juda olis, unda xavf-xatar ko'p. Biz bu yo'lni qanday bosib o'ta olamiz. 
LXXVIII 
Qushlarning bu yo'l ahvoli haqidagi savoliga Hudhudning javobi 
Hudhud qavmga shunday javob berdi: 
— Bu haqdagi to'g'ri fikr quyidagicha: ya'ni bu yo'ldagi eng oliy sifat ishqdir, ishq alili 
esa maslahat berishdan yiroq bo'ladi. Kimki oshiq bo'lsa, u o'z jonidan qo'rqmaydi! Yoki 
imondan kechib, kofir bo'lishdan ham toymaydi! Agar oshiq o'z jononiga erishmoqchi 
bo'lsa, bu yo'lda jonu jahondan voz kechmog'i osondir! Go'yoki birov yo'lda choh uchrab 
qolganday jon ham oshiq yo'lidagi to'siqdir. Oshiq kishi hatto tan va jondan ham, aqlu 
hushu kufru imondan ham ajralgan bo'ladi. 
Ishq olamga o't soluvchidir, jonni yondiruvchi ham - o'sha! Uning shavqi o'ti kufr va 
imonni kuydiradi. Oshiq bo'lgan kishi oru nomusdan ham, mazhabu imondan ham
islomdan ham voz kechadi. Ishqqa faqat shavq, yonish va dard munosibdir. U chaqmoq 
kabi jahonni qamraydi. Kimni dard va ishq istilo qilgan bo'lsa, uning uchun jon tark 
etmoq avlodur! Kimningki jonon tomonga royi bor, jonga ofat yetmog'idan ne parvoyi 
bor?! Ishq ishi g'amli kechalarda dard chekish va yonishdir; jahonni shu'lalantiruvchi oh 
unga sham vazifasini o'taydi. Ishqda yonishdan faqat dard paydo bo'ladi, chunki dardga 
ega bo'lmasdan turib, jonni fido qilish mumkin emas. 
Ey mutrib, dardli bir qo'shiq ayt! Soqiy, bedardligimdan halok bo'lmoqdaman! Meni 
zor etish darajasiga olib boradigan dard jomidan tut, toki undan ishq dardi ko'nglimga 
ta'sir etsin! Men uni ichib, jondan kechay, aqlu hushu dinu imondan kechay! Kofirlar 
mayxonasi ichra maskan tutay, belimga zunnor bog'lab. bo'ynimga but osay! Mayxona 
piri oldida o'zimni mast aylab, Qur'onni o'tda kuydiray va butparast bo'lay! Ishq 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə