Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
40
ko'nglim pora-pora bo’lgan bir paytda, qanday qilib senga sertakalluflik bilan so'z ayta 
olaman?! Sen so'ragan paytda qay holatda bo'lsam, shunday javob qaytardim. Bari bir 
uni yashirib bo'lmaydi, boricha aytdim. Chunki o'zimni oshiq emasman va yor vaslini 
istamayman, deya olmayman-ku, axir!
Shunday qilib, Shayx aytgan so'zlaridan tonmadi. Ma'shuqasidan uzr so'rash, 
yolvorishga o'tmadi. Shunda u sho'xi sarkash dedi: 
— Ey, jahlga yo'g'rilgan odam! Agar qismatga rozi bo'lsang: kimki mening vaslimni 
tamanno aylasa, u to'rt ishni bajarishi shart: u may ichishi, mast bo'lib, zunnor 
bog'lashi, Qur'onni o'tda kuydirishi va butparastlar diniga kirmog'i kerak. 
Bu to'rt narsa ishqning sharti - shukronasidir. Uning yana ikkita jarimasi ham bor. 
Chunki bu foniylik to'rt yo'li bo’lsa, yana ikki yo'l o'sha to'rtning ifnosi (fanoda butunlay 
yo'qolishi, o'zini mahv etish) demakdir. Ulardan birinchisi - bir yil davomida 
xinzirboqarlik qilish bo’lsa, ikkinchisi - shu davr mobaynida otashgoh o'tining parvonasi 
bolishing, ya'ni otashgohda o't yoqishing lozim. 
Agar Shayx bu butxona aro chin oshiq bo'lsa va o'z ishqining da'vosida sodiqlik 
ko'rsatsa, unga isbotlash uchun shukrona ham, jarima ham ana shundan iborat. Bundan 
ham ortiq balolar bo’larmikan? Agar mening vaslimga sen talabgor bo'lib, yoningda 
bo’lmoqlig'imni istasang, bu aytganlarimning ham-masini qabul etmog'ing kerak. 
Shundagina sen vasl ko'chasiga kira olasan. Bordiyu bu ishlarni bajarishga qurbing 
yetmasa, erta kunni kech qilmasdan, yo’lingdan qolma! 
Shayx unga dedi: 
— Ey xasta jonim ofati! Ko'nglimni ishqing otashi o'rtamoqda. Shavqing shulasi 
vujudimni chulg'ab, ishqing chaqmog'i o'rish-arqog'imni kuydirmoqda. Men g'aribu 
devonaman, aqlu hushu sabrdan begonaman. Pariruxsor yor neki amr etsa, devona 
oshiqiga ne ixtiyor! Nimaiki talab qilsang, buyur, chunki sen hokimsan! Agar 
bajarmasam, jafo tig'ini bo'ynimga ur! 
Shayx o'z so'zlarini shu yerda to'xtatdi. Uning bu so'zlari sho'x qizga va barcha 
butxona ahliga ma'qul tushdi. Shundan so'ng butxona ichini jannat kabi yasatib, ko'p 
takalluf bilan bezadilar. Uning to'rida osmon barobar yuksak taxt o'rnatdilar, undagi 
zebu ziynat haddan ziyod ko'p, qiyosdan tashqari go'zal edi. Sho'x nasroniy qizi unga 
shavq bilan chiqib keldi, uni ko'rgan Shayx har dam joni og'ziga kelardi. Imoni yuzini 
qora qilish uchun Shayxni to'plangan odamlar o'rtasiga olib kirdilar. Butparastlar, xoh 
ular shu yerdagi turg'un kishilar bo’lsin, xoh sayr etib yuruvchi jahongashtalar bo’lsin, 
hammasi bir yerda jam bo'ldilar. U yerda o'nlab xumlarda may hozir etib, uning har xil 
gazaklarini ham tayyor qilib qo'ydilar. Atrofida butxona qo'ng'irog'i va arg'anunlar. 
Shayx dini motamiga un tortib, kuy chalar edilar. 
Hech qachon olamda bu yanglig' ish bo’lgan emas edi. Rohiblar har tarafdan saf tortib 
o'tirar edilar. Ogoh murshiddan Qur'onni so'radilar, otashgohdan o't olib kelib qo'ydilar. 
Zunnor va salib muhayyo etilgach, dilni ovlovchi tarso qizi yuz afsun bilan o'rnidan turdi. 
U yuz ming noz bilan taxtdan tushib, Shayx oldiga e'zoz bilan yurib keldi. Uning yonida 
o'tirib, qadah to'la may ichdi. Buni ko'rgan Shayxning hushi boshidan uchdi. Soqiy 
qadahdan sarxush bo'lgach, yana boshqatdan qadahni limmo-lim toidirib, uni Shayxga 
tutdi va shunday dedi: 
Oxiriga qadar ich, ey olijanob kishi! Bilki, bir tomchi qolsa ham, hisobga o'tmaydi! 
Ishqqa berilgan Shayx istar-istamas dilnavoz tutgan mayni ichar ekan, ko'zlaridan 
yosh dumalar, islom va imondan qo'lini butkul yuvgan edi. U shunday ichdiki, boshidan 
dud chiqib, may o'tida butun borlig'i kul bo'ldi. 
Shayxga bir necha davra may tutganlaridan so'ng, uning ishqi aqliga jabr eta 
boshladi. Boda uning hushini o'tmas qilib qo'ygach, u qizga vasldan muddao izhor etdi. 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə