Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
37
— Ey sir ahlining peshvosi! Bu baloni daf qilish uchun namoz o'qish kerak. 
Shayx dedi:
— Bu ma'nida so'z aytma! Men telbaman, telbaga esa aql o'rgatmaydilar. 
Biri dedi:
— O'rningdan tur-da, tahorat qil va kishilarni toat-ibodat qilishga ishorat qil! 
Shayx dedi:
— Ko'z yoshimdan o'zga suvim yo'q, bag'rimdan har dam ko'zimga qon yoshlar 
keladi! 
Biri dedi:
— G'usl qilish kerak, u ko'ngulni pok etishdan tashqari g'amdan qutqaradi. Eng to'g'ri 
yo’l ana shudir! 
Shayx dedi:
— Men yo'qlik dengizida g'arq bo'ldim. Mendan yana nima istaysan?! 
Biri dedi:
— Tasbehingga mashg'ul bo'l-da, bu parishon holatdan o'zingni qutqar. 
Shayx dedi:
— Tasbehimning tori uzildi, uning o'rniga zunnor ipini bog'ladim! 
Biri dedi:
— Misvok — tish kovlagichga e’tibor qil, uni og'zingga solib, sunnat bajo keltir! 
Shayx dedi:
— Agar misvok havas qilmoqchi bo'lsam, men uchun og'zimdagi hayrat barmog'i 
yetarlidir. 
Biri dedi:
— Biror xatolik yuz bergan bo'lsa, uzriga yer o'pib, unga sajda qil! 
Shayx esa ko'zlaridan qon yoshini oqizib shunday dedi: 
— Ban bir bu eshikdan boshimni olmayman! 
Biri dedi:
— Safar Rumga bo'ldi, endi Ka'bani qarorgoh etmoq darkor. 
Shayx dedi:
— U yerda izlaganimni bu yerda topdim, endi nima uchun orqaga qaytib, behuda 
mashaqqat chekishim kerak?! 
Biri dedi:
— Sahro sari yuzlanib, Batho tomon yolga chiqish vaqtidir. 
Shayx dedi:
— Men uni bu yerda topdim. Rum borida Bathoni nima qilaman? 
Biri dedi:
— Safarimiz tamom bo’ldi. Vatan sari yo’lga tushsak yaxshi bo’lardi. 
Shayx dedi:
— Ehsonli Alloh go'yo o'zi muruvvat ko'rsatib, ushbu butxonani menga haqiqiy vatan 
etibdir. 
Biri dedi:
— Agar boshqa shayxlar bu ishdan xabar topsalar, bizni ta'na-malomat qiladilar-ku?! 
Shayx dedi:
— Ular bilan ishim yo'q. Istagan kishim xarobat ichidadir. 
Biri dedi: 
— Sening avvalgi vajdu holating - e'tiqoding qani? Zuhd va ibodatda o'tkazgan pokiza 
vaqtlaring qani? 
Shayx dedi: 
— Holatim — butxonada turmoqdan iborat. Sobiq ibodatlarimning yuztasi bunga 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə