Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
36
avval ravshan quyoshni ko'rguzub, keyin uni yashirgancha, g'am shomiga tutqun 
etding! G'am shomigina emas, balki osmon bo'shlig'idagi yaratilish chehrasini qaro 
qilding! G'am do'zaxining dudi olamni tutib ketdi, uning shu'lasini ko'nglim o'ti bilan 
yoritding. 
Alloh-Alloh! Ne kechadur bu kecha?! Yo Rabbiy! Shunday ham mashaqqatli kecha 
bo'ladimi?! Men boshimdan ko'pgina qiyin kechalarni o'tkazganman, ammo bu kabi 
uqubatli kechani hargiz ko'rmaganman! Bu tun emas, balki do'zax o'tining dudidir. Yo 
falakning ohidan iborat qorishmadir! Bunday tun, yo Rab, hech kimning boshiga 
tushmasin, unga hech kimsa mendek giriftor bo'lmasin!.. 
Bilolmay qoldim: tun balosidan gapiraymi yoki menga tusligan kun balosidan 
gapiraymi?! Jismim, a'zoyi badanim, sezgilarim va aqlu hushim ishqdan shunday parda 
yopindilarki, go'yo ularning hech biri mayjud emasdek, ishq zulmidan hammasi nobud 
bo'lgandek tuyulmoqda. Hatto gavdamda tobu toqat qolmaganidan ko'yida ko'z yoshi 
singari ravon bo'lishga kuch topilmaydi. 
Boshimni cheksiz g'amdan qutqarmoq uchun toshga urib tilka-pora qilmoqlikka 
quvvat qani?! 
U quyosh nurlaridan nur olmoqqa, u oy yuzlikka nazar solmoqqa ko'z qani?!. 
Qul shohga tazarru aylagandek, o'sha dargohga surtmoqqa yuz qani?! 
Ko'ksimga tosh urgudek, boshimga tuproqlar sovurgudek qo'l qani?! 
O'zimni qo'lga olishga, aqldan ozishimga to'sqinlik qiladigan hush qani?! 
Ishq tadbirlarini aytib beradigan, vayron bo'lgan ko'ngilni tiklaydigan aql qani?! 
Dardimga chora qiladigan yoki bag'rim porasiga davo beradigan sabr qani?! 
Holim g'amini yeyuvchi ko'ngil qani? Axir u ham hozir o'lik sonida-ku!.. 
Bir nafas urguchalik tag'in jon qani?!. Ko'ngil kabi uni ham izlab topa olmayrnan!.. 
Menga bu yo'l ne balolik yo'l edi? Axir bundan battarrog'i bo'lishi mumkin emas-ku!!
Umrni bu yanglig' xoru zor ko'rguncha hargiz tirik bo'lmaganim yaxshiroq 
emasmidi?! 
Bir xatar chaqmog'i tushib, vujudimdan asar qoldirmasa nima qilardi?! 
Do'stlar, menga madad bersangiz nimangiz ketardi?! Jam bo'lib, men zorni 
o'ldirsangiz!.. Toinki bu olam orimdan, bashariyat ahli esa afg'onu zorimdan qutulsin.
Birodarlar, jonimga qatl tig'ini uring! Kuydirib, kulimni har tomonga sovuring! Toki 
jahonda bu yanglig' rasvo bo'lmayin! Har dam yuz marta o'lgandan ko'ra bir o'lay! 
Shayxning bu musibatli holiga do'stlari hayron qolishar, uning dardidan har dam qon 
yig'lashar edi. Bu g'amgin va chorasiz kishilar bir yerga to'planib, har biri Shayxga turli 
nasihatlar bera boshlashdi. Shayx ular pandini fahmlamas, nozik so'zlar ma'nosini ham 
anglamas edi. Ular Shayxga aql mezoni bilan xitob etgan bo'lsalar, Shayx ularga ishq 
yo'sinida javob qaytarar edi. 
Ulardan biridedi:
— Ey din arboblarining boshlig'i! Sening izlaring yaqinlar ahliga surma o'rnidadir. 
Kishi hayotida shunaqa ko'rgulik sodir bo'lib turadi, axir, undan faqat o'zini qo'lga olgan 
kishigina najot topadi. 
Shayx dedi: 
— Ey farzand! O'zlik qayoqda deysan, u bo'lganda men ham uni zabt etmasmidim? 
Biri dedi: 
— Bu shaytonning ishi. Undan kishi faqat zikr tushish yo'li bilangina qutuladi. 
Shayx dedi: 
— U holda jam'iyat shartdir, men esa parishonhol odamman, qandog'am xosiyat 
berardi?.. 
Biri dedi:


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə