|
Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com docwww.ziyouz.com
кутубхонаси
70
dilim istagan maqsadga muyassar bo'ldim. Bu yerda murodim hosil bo'lgan ekan, yo'l
azobini tortmoq men uchun mushkildir.
CXXXVI
Hudhudning javobi
Hudhud shunday dedi:
- Ey maqsadi nafratlanishga loyiq! Ko'nglingga g'aflat jahl va g'urur solibdi. Zero, sen
o'z xayolingga mag'rur bo'lib, asl ishdan uzoqlashibsan. Sendagi bu xayol samarasiz
xayoldir, balki mutlaq behuda xayoldir.
Nuqsonli kishigina o'zini komil deb hisoblaydi. O'z nuqsonini isbot qila olgan kishi esa
haqiqiy komil sanaladi. Kamolotga erishganlar o'z kamoloti haqida maqtanmaydi,
aksincha, bu holat nuqsonli kishilarda mayjud.
Sen nuqson bobida yuqori cho'qqiga ko'tarilgansan, o'zingni olim deb ataganing bilan
aslida johilsan.
O'z kamoloti haqida maqtanish jaholatdan o'zga narsa emas. Kimki o'zini komil deb
hisoblar ekan, u albatta nuqsonlidir. Chunki undagi bu nuqson unga kamolotga erishish
uchun yo'l bermaydi.
Zero, quyosh ham tush paytida o'zini barkamol ko'rib, eng yuksak nuqtaga
ko'tarildim, deb o'ylaydi, ammo shu ondayoq unga zavol yuzlanadi, ya'ni u pastga qarab
bota boshlaydi. Negaki, uning chindan ham kamoloti bor edi, ammo uni ko'rgan
zahotiyoq zavolga yuz tutdi.
O'zini komil deb hisoblagan nuqsonli kishi go'yo yomon odamning o'zini yaxshi kishiga
nisbat etganidek bir gap. Bundaylarni tuzatish qiyin ish hisoblanadi. Chunki ulaming
binosi kibr bilan g'ururdan qad ko'targan.
Ey notavon, shuni bilki, sen gumon qilgan kamolot sof nuqsonning o'zginasidir.
CXXXVII
Hikoyat
Shayx Abu Bakr Nishopuriy(Abdulloh ibn Muhammad. 853— 935-y) ma'no mulki sari
yo'l topganlardan edi. Bir kun u o'zining obod maskani bo'lgan Nishopur shahridan
sayohat qilish uchun yo'lga chiqdi.
Uning shayxlik martabasi nihoyatda baland bo'lib, muxlis va xizmatkorlari g'oyat ko'p
edi. Kajava va tug' ko'tarib yuruvchilar va oliy nasabli xodimlari to'da-to'da edi. Shayx
ularga shukuh bilan nazar soldi. Qarasa oldi ham, orqasi ham — butun tevarak-atrofi
son-sanoqsiz kishilar bilan o'ralgan. Bu xayol uning ko'nglidan o'tib, bir zum o'yga
berildi. Xuddi shu mahal bir eshak hangrab, nogahon orqasidan qattiq yel chiqib ketdi.
Bu ramz Shayxga xush yoqib, u shavqqa to'lgan holda jazava bilan raqsga tusha
boshladi va o'zidan ketib yiqildi. Unda sodir bo'lgan bu holatni ko'rgan yaqin kishilari va
muridlari uning boshiga yig'ilishdi. U o'ziga kelgach, Shayxning bir mahrami gustoxlik
bilan "Bu ne hoi edi?" deya kayfiyat so'radi.
Shayx aytdi:
- Ey sir izlovchi o'rtoq! Meinga shum nafsim hujum qilib, atrofimdagi xalqni o'zimga
tobe' deb o'yladim. Ko'nglimga keldiki, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchilardan, toliblar va
solihlarga
madad beruvchilardan na Junayd, na Shibliy(o'ratepalik shayx, 945-yilda Bag'dodda
v.e.), na Boyazid, na Ubayd, na Nuriy(Shayx Ahmad ibn Mahmud. 907-y.v.e.) va na Abu
Said - ulardan qaysi biri bu xil obro'-e'tibor topib, faqr yo'lida bunchalik ko'p odamlar
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Dostları ilə paylaş: |
|
|