Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
78
bilan egallab bo'lmaydi. Ishqqa mubtalo bo'lgan kishi ko'nglidan chiqqan o't vayronani 
yondirib yuboruvchi' ajdar dami kabi qudratlidir. 
Oshiqlar ko'ngli o'tli oh chekishdan begona emas. Axir otashgohdan duddan boshqa 
yana nima chiqishi mumkin?! Ishqdan tushgan yolqini butun havoni yondirib yuboruvchi 
chaqmoq kabi olamni o'rtab yuboradi. Ishq o'tiga haqiqiy pok oshiq o'rtanadi, uning bu 
o'rtanishi go'yo chaqmoq tushgan xirmonga o'xshaydi. 
Sen oshiq ko'nglini otashzada deb aytma, balki uni ishq ana shunday otashkadaga 
aylantirgan. Kishi agar otashkada ichiga tushsa, u yerda o'rtanmasdan boshqa iloji yo'q. 
Kimki ishq aro o'tga aylansa, ajablanmang, chunki o'tga nimaiki tushsa, u ham o't 
bo'lib yonadi. Ishq bir o't kabi uning vujudini chulg'ab oladi, negaki, olov atrofida 
aylangan kishi o'rtanmay qolmaydi. 
Ishq bilan o'ynashib bo'lmaydi. Jismingga o't tushsa, u seni quyundek sargardon 
qiladi. Ishq aro faqat o'rtanib yonish lozim, o't aro kuymasdan o'zga chora yo'q. Ishq 
osmonidan qaysi yoqqa chaqin tushsa, u shu ondayoq jonni shu'la selobiga g'arq qilib 
yuboradi. Ishq chaqmog'i xonumonni kuydirib yuboradi, xonumon nima degan gap, 
butun jahonga o't qo'yadi! 
Oshiq kishining asosiy ishi jon tark etish deb bilgil. Yor uchun oimoqni o'zing uchun 
arzimas ish deb anglagil. 
CLII 
Hikoyat 
Asma'iy (arab tilshunos olimi, 828-v.e.) haj sari ketayotib, bir manzilda daraxtlar va 
gullarning o'sib yotganini ko'rdi. Bu erdagi maysazor va gulzor o'rtasidan bir chashma 
suv tiriklik suvidan nishona berib, sharqirab oqib yotar edi. Bu yerdan o'tgan ariq oshiq 
jonidek pokiza va ravshan bo'lib, undan oshiqlarning ko'z yoshlari kabi tiniq suvlar 
oqardi. 
Asma'iy suv yoqasida birmuncha vaqt o'tirib, hordiq chiqardi, ko'ngli g'amlardan xalos 
bo'ldi. Tab'i shu yerga naqshlanib, chashma boshida xat yozilgan bir toshni ko'rdi. Unda: 
"Ey Hijoz ahli, bu sirning chorasini topsangiz. Agar bir kishi ishqqa mubtalo bo'lib, ishq 
uning sabru qarorini olgan bo'lsa, ne qilsin?" deb yozilgan edi. 
Asma'iy qo’liga qalam va davot olib, bu xat tagiga shunday deb yozib qo'ydi: "Kimki, 
bu halokatli girdobga tushib, undan pok chiqmoqchi bo'lsa, o'zi tushgan yo'ldan 
qo'rqmasin". 
Asma'iy yuqoridagi savolga shu javobni yozib, bu manzilni tark etdi. Ertasiga yana 
shu joyga kelib: xat bitilgan toshga nazar soldi. Qarasa, oldingi kotib o'z qalami bilan 
yana quyidagilarni yozib qo'yibdi: "Agar ozurda jon oshiq o'zi pok bo'lsayu yana ishqini 
yashirin saqlasa, lekin uning qalbidagi muhabbatning shiddati tez bo'lib, uning toqati toq 
bo'lsa hamda vaslga ehtiyoj sezsa, bunday paytda u nima qilsin? Agar bu ishning ilojini 
topa olmasa, naylasin?" 
Asma'iy bu favqulodda sirni ko'rgach, o'zining sehrli qalami bilan yana shunday deb 
yozdi: "Ishq ichra men nasihat qilgan o'sha dardli va notavon kishi bu nasihatlarimdan 
o'z maqsadiga erishmagan bo'lsa, o'lsin va ishq o'tidan o'zini xalos qilsin". 
Berahm nasihatgo'y bu halokatli javobni yozib, chashma yonidan tezda jo'nab ketdi. 
U bir kun boshqa joyda hayallab, ertasiga o'z tuyasini yana o'sha tomonga haydadi va 
oshiq javobini bilmoqchi, g'oyibdagi hasratli oshiq yana nima deb xitob qilganini 
ko'rmoqchi bo'ldi. Kelsa, umridan voz kechgan, afti-angoridan zorligi oshkor bo'lgan, 
rangi-tusidan bemorligi ko'rinib turgan, o'z ahvoli bilan el ko'nglini buza olgudek ruhsiz 
bir kishi chashma yonida yotibdi. U ishq ichra chigallikni yechib, boshini toshga chunon 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə