Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
80
birovlar yo'ldan adashgan, ba'zilar esa turli so'qmoqlarda ovorayu sarson kezsalar ham, 
bu yo'lni bosib o'tmasdan turib, maqsadga erishish mumkin emas. 
Ma'rifat quyoshi yuz ko'rsatgach, har kim o'z maqsadiga erishmoq uchun o'z suluki 
holiga natija istaydi va o'zi shug'ullanayotgan narsa orqali naqdni qo'lga kiritmoqni 
xohlaydi. Chunki u pokiza nur yorug' shu'la sochgach, bu shu'la har kimning kamolga 
erishuvini yoritib turadi. Kimki bu yo'lda mashaqqat chekkan bo'lsa, u o'z suluki 
nihoyasida xazinaga erishadi. Suluk ichra ixtilof ko'p bo'lib, ulardan ko'pi quyqali, sofi 
esa ozdir. Bu sof tabiat egalari sirasiga payg'ambar shariati qonun-qoidalariga tobe' 
bo'lganlar kiradi. 
 
CLIV 
Hikoyat 
Eshit, bunga ushbu mojaro juda munosib misol bo'la oladi. Naql qilishlaricha, bir 
guruh ko'rlar to'dasi bir sabab bilan: musofirlik yoki asirlik tufayli Hindistonga borib 
qolishibdi. So'ngra falakning gardishi bilan ular yana o'z yurtiga qaytib kelishibdi. Bu 
yerda ulardan bir kishi: "Filni ko'rdilaringizmi?" — deb so'rabdi. Ular "Ha",-deb javob 
beribdilar. "Ko'rganbo'lsangiz, dalil keltiring",— debdi boyagi kishi. 
Ular aslida filni ko'rmagan, u haqda hatto yaxshi so'rab ham olmagan edilar. Har biri 
filning bir a'zosini paypaslab, undan bilim hosil qilib olgan edi. Shu sababli filning 
qo'llarini ushlagan kishi fil sutunga o'xshar ekan, desa, qornini paypaslagan, yo'q, u 
besutun, dedi. Xartumini ushlagan, fil ajdahoga o'xshash bir narsa ekan, desa, tishlarini 
bayon qiluvchi kishi esa, fil ikkita suyakdan iborat, dedi. Quyrug'idan xabar bergan kishi 
filni osilib turgan ilonga qiyos etdi. Qo'li bilan Filning boshini paypaslagan kishi uni bir 
qoyaning tumshug'i deb sharh qildi. Filning qulog'iga qo'l tegizgan kishi uni qimirlatib 
turgan ikki yelpug'ich ekan, dedi. 
Ularning barchasi shu tariqa ko'rlik yuzasidan turli so'zlar aytdilar. Garchi ular aytgan 
so'zlarning barchasi to'g'ri bo'lsa-da, ularning hammasi nuqsonli edi, ularda tartib 
mavjud emas edi. 
Shuning uchun ham filbonlik sohasida ustod hisoblangan yetuk faylasuf, o'zi hind 
naslidan bo'lgan kishi ular aytgan so'zlarni tinglab, naql qilganlarga ta'na so'z aytmadi 
va shunday dedi: 
- Har bir kishi fil haqida o'zi bilganini aytib, u haqda nishon berdi. Ular bir-birlariga zid 
fikrlarni aytgan bo'lsalar-da, kechirarlidir. Chunki ulaming har birio'z bilganicha so'z 
aytdi, ammo ulardan hech birifilni ko'rgan emas edi. Lekin ular aytgan bu sifatlarning 
barchasi bir yerga jam qilinsa, ulardan fil haqida muayyan tasavvur hosil bo'ladi. 
Uzoqni ko'ruvchi kishiga bu aniq bo'lgani uchun u hech bir ikkilanmasdan ko'rlar 
aytgan barcha so'zlarni chin deb baholadi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə