Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111
 
CL 
Hikoyat 
Bir qudratli podsho o'tgan edi. Uning xazina va boyliklari askarlari kabi son-sanoqsiz 
edi. Bu shohning bir zebo o'g'li bor bo'lib, uning go'zalligi oldida hatto Yusuf ham qui 
bo'larli darajada edi. Sharq quyoshi uning husnidan sharmanda bo'lgani uchun oyog'i 
ostiga bosh qo'yardi. Sarv uning navnihol qaddiga soya kabi, oy esa uning yuzi 
quyoshiga bezak bo'lgudek edi. U ham quyoshdek husn bilan olamni zabt qiluvchi, ham 
oy kabi chehra bilan osmon baxtida jilvalanuvchi shoh edi. Ko'zi har boqishda olamni 
buzar, ishq ahliga o'zga olam ko'rguzar edi. Agar la'li so'z boshlasa, jon olar, tabassum 
qilsa, jon kirgizardi. 
Butun olam unga oshiqu shaydo bo'lgan, agar u qatl etmoqchi bo'lsa ham kishilar 
bundan g'am chekishmas edi. Kofir va mast ko'zi din va imon ahliga doim qirg'in keltirar 
edi. Chaqmoqdek uchqur otini har tomonga choptirar, bu chaqin bilan jahonni 
kuydirardi. Olam ahli unga maftunu shaydo bo'lgan, lekin u kishilarga haddan ortiq nozu 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
77
istig'nolar qilar edi. U xalq sari ko'zining uchi bilan bir qiyo boqsa, zulmi tig'idan tuman 
ming kishining qoni oqardi. Jahon elining o'lmog'iga u parvo qilmas, balki zulmu istig'no 
bilan darhol qatl qilib qo'ya qolardi. Uning ko'chasiga borishdan hatto shamol ham jon 
hovuchlar, u tomonga esmoqdan joniga qo'rquv tushar edi. Shamol uning gulshaniga 
esa olmagani sababli u yerdagj gulbarglar gullardan tanbeh olardi. 
Bir kuni u sahro kengliklarini aylanib qaytish uchun ot surdi. Dasht uzra yuz tuman 
majnun zor yotar, ularning barchasi uning ishqi shiddatidan beqaror edi. Lekin uning 
yuziga boqish uchun ularda imkon yo'q, u tomonga qarashdan ular bahramand bo'la 
olmas edilar. Hamma yaxshi-yomon uning vasliga erishmoqni istar, lekin bunga 
yetishmoq mumkin emas edi. 
Nogahon saodatli shahzoda sahroda turgan elga nazar soldi. Ko'zi ular orasidagi ishq 
zanjiriga mubtalo bo'lgan ikki xasta oshiqi zorga tushdi. Shahzoda o'z mulozimlariga 
buyruq qilib, bu ikki devonasifatni huzurimga olib keling, dedi. Ular ikki mubtaloni 
ushlab, podsho qasri tomon ot soldilar. Shoh ulardan birini zindonga mahbus qilib, 
ikkinchisini o'ziga itboqarlik xizmatiga tayinladi. Unisi zindonda yotgan bandilar bilan 
hammakon bo'lsa, bunisi zanjirlangan itlarga giriftor bo'ldi. Ular shu qiyin ahvolda bir 
qancha vaqt o'tkazib, kulfat tortdilar. 
Bir dardmand kishi ularning biridan: 
- Azob-uqubat ichra sizning holingiz qanday kechmoqda? — deb so'radi. 
U dedi: 
- Shu ham azob bo'ldimi? Turgan-bitgani rohat-ku! Mashaqqat chekish qayoqda 
deysan? Ishqidan ko'nglim to'lgan holda uning ko'chasida it bo'lishga ham rozi edim. 
Garchi men uning itlariga xizmatkor esam-da, uning itlariga boshliqman. 
Unisi dedi: 
- Uning ishqi ko'nglimga zo'r kelib, bundan agar mening turar joyim go'r bo'lsa ham 
rozi edim. Garchi hozir zindonda kishanlangan holda yotgan bo'lsam ham, lekin uning 
vaslidan ko'nglim umidvor. 
Oy chehrali shoh ularning bu so'zlarini pana joydan rurib eshitmoqda edi. Ular shu 
tarzda o'z istaklariga sodiq va ishq yo'siniga muvofiq edilar. Bu so'zlarni eshitgan quyosh 
kabi shoh cheksiz xursand bo'lib, bu so'zlar uning ko'ngliga bag'oyat xush yoqdi. Ularga 
katta ixlos ko'rsatib, ikkalasini o'zining eng yaqin mahramlariga aylantirdi. Ular o'z 
talablarida sadoqatli bo'lganliklari uchun oqibatda ana shunday samaraga erishdilar. 
CLI 
Ishq vodiysining tavsifi 
Talab vodiysini tamom qilganingdan so'ng Ishq vodiysiga qadam qo'yasan. 
Ishq so'nmas bir mash'aldir. Uni mash'al dema, butun olamni yondiruvchi shu'la 
degil. Ishqqa har kim munosib bo'lavermaydi. Samandardan bo'lak qaysi jonzot o't 
ichida yura oladi? Ishq aro botirlik va qalandarlik lozim, shu'la dengizida samandar 
bo'lmoqlik kerak. Shu'la ichra kuyayotgan parvona kabi oshiqu devonaning ishi 
kuymoqlikdan iboratdir. Donolikni ra'nolarning ishi deb aytma, parvona bo'la olishga 
kapalakning haddi sig'maydi. Kapalak yosh bolalarga o'z husni va zeboligini ko'rsatib, 
gullar uzra jilva qilib uchib yuradi. Ammo uning qo'lidan janda kiygan devonaning ishini 
qilish kelmaydi. U parvona kabi shu'laga o'zini ura olarmidi?! Garchi kapalak o'zining 
turli rang va xollari bilan ko'zga chiroyli ko'rinsa-da, u parvona kabi yonib kuya olmaydi. 
Azaldan ishq aro kul bo'lmagan har bir qushning otini bulbul deb bo'ladimi? 
Ishq ichra kuyib-yonmaganni ishqqa berilgan dema! Kim jonini ildo qilmas ekan, uni 
oshiq deb sanama! Ishq ahli o'rtanib yonish bilan o'zini shod etadi, bu ishni o'rtanish 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə