Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
72
Hudhud shunday dedi:
— Ey shiori xomlik, hush vodiysida beoromlik bo'lib, aqlingdan ayrilibsan-da! Chunki
u senga maqsadu maqsuddir, undan o'zga boru
yo'q nobuddir. Talab qilganing muyassar
bo'lsa, sevikli yoring og'ushingga kirdi, deb bil. To yiroq ekansan, ko'ngling uni havas
qiladi, joningga undan o'zga so'rov yo'q. Oradan firoq ko'tarilib, uning visoliga erishsang,
bundan yaxshiroq nimani istaysan?! U-ku tan va jondan murod, undan o'zga yana
qanaqa murod bo'lishi mumkin? Uni topgudek bo'lsang, boshqa tilaklardan ko'nglingni
uz, boru yo'g'ingni uning ishqi uchun sarf qil!
Dostları ilə paylaş: