Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
26
LIX 
Hikoyat 
Bir podsho ko'ngil yozish niyatida butun mamlakatga katta to'y berdi. Unda ziynat har 
qancha gumon qilinganidan ham ortiq darajada edi. Butun mamlakat va shaharlardagi 
aholi boshdan-oyoq yasanib, ko'chaga chiqa boshlashdi. Bu to'yda san'at ahli juda 
yuksak mahorat ko'rsatib, osmon quyoshi kabi porloq gumbazli yuzta to'rt burchakli 
chodir qurdilar. Hunar ahlining barchasi ularni shunchalik bezashdiki, natijada bu 
chodirlar butun mamlakatning ko'rkiga aylandi. Ko'p ajoyibotlar kashf etildiki, hayot o'z 
sehriga o'zi rom bo'lib qoldi. Har bir kishi o'yin-kulgi deb nayrangbozlik qildi, g'am-
hasratni dog'da qoldirish uchun ayshu nash'u namosini oshirdi. 
Shu odamlar orasida bir behayo razil kishi o'zini bo'yra shohi deb e'lon qildi. Uning 
ustidagi kiyimi boshdan oyoq bo'yradan bo'lib, sadoq, qalqon va bayrog'i ham bo'yradan 
yasalgan edi. U bir necha nokas masxaraboz do'stlarini ham o'ziga o'xshash yasantirdi. 
Shu tarzda ular bazm maydoni tomon yo'l oldilar. Yo'l-yo'lakay har xil buzuq, bid'at 
o'yinlar ko'rsatdilar. Ularning boshlig'i esa o'zini go'yo mamlakat shohi hisoblar, har 
nimaiki qilgan hazil ishlarini chin deb bilar edi. 
Nihoyat, shodlik ayyomi nihoyasiga yetib, u ablah o'ziga ta'ziya tutdi. Uni ushlab olib, 
soyaboni va tojini boshiga urdilar, bo'yra to'nini esa buzib, kuydirib yubordilar. Bu 
hangomadan so'ng bildiki, shohligi masxara bo'lishdan boshqa narsa emas ekan. 
LX 
Burgut uzri 
Burgut, ya'ni Uqob o'rtaga kirib, shunday dedi:
- Ey qushlar xo'jasi! Mening holatim o'zga qushlardek emas; kishilar qumri yoki 
bulbul kabi meni maqtab, vasf etmaydilar. Mening savlatim bahaybat, qahrim esa 
yomon, tog' mamlakati ichra qahramonman! Har kun bir necha kaklik menga ovqat 
bo'ladi, agar bu bo'lmasa, tunlari ko'zimga uyqu kelmaydi. Yegulik izlab havoga 
ko'tarilsam, mendan qulon yoki kiyik qochib qutulolmaydi. Bo'g'zi shu qadar katta 
bo'lgan qush ozuqsiz yo'lni qanday nihoyasiga yetkaza oladi?! Men bu yo'lda ko'proq 
xo'p qanot qoqdim ham deylik, qornim ochgach, yiqilib qoldi deyaver! 
LXI 
Hudhudning Burgutga javobi 
Hudhud shunday dedi: 
- Ey qudratli hukmdor! Olam ahli sendek kishini shu vaqtgacha ko'rmagan! Sening 
zotingga yigitlik maqtovi loyiq, otingga esa pahlavonlik yarashadi. Ammo sening bu 
tumshug' va changalingga, shavkatli va saodatli qanotlaringga xayfl Ey, badnafs 
pastkash! Sen asl maqsadni ista! Halitdan bunchalik ojizlik ko'rsatma, yo'lga tushmay 
turib qanotingni chetga tortasan. Changaling, tumshug'ing va qanotlaringga bu uyat 
emasmi?! Sen shular bilan o'zingni tavsif etding-ku! Zo'rliging va shavkating bilan 
o'zingni ta'riflading-ku! Shuni yaxshi bilki, o'z shirin jonidan kechib, bu yo'lga kirgan 
kishinigina haqiqiy pahlavon va qahramon desa bo'ladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə