Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
25
zarracha vijdon yoki uyat bo'lganda edi, bu sharmandali hayotdan ko'ra o'lganim 
yaxshiroq, deb o'ylarding! Ammo senda nodonlik g'olib kelib, nafsing seni aljirashga 
moyil qilib qo'ygan! 
LVI 
Hikoyat 
Bir tog'lik odam tog'dan ayiq tutib oldi va uni ko'p aziyat chekib, qo'lga o'rgatdi. Ilgari 
sayoq yurgan ayiq egasiga rom bo'lgunga qadar kunda ikki marta o'lguncha tayoq yer 
edi. Ochlik azobi va yegan behisob tayog'i ichi va tashini ezib tashlagan edi. Shu sababli 
egasi unga bir yog'och ko'rsatsa, ayiq yuvoshlik bilan unga bo'yin egardi. Shu tarzda 
ayiq ko'cha-ko'ylarda o'yinchilik qilib yurar, egasining uyiga o'tin tashib keltirar edi. 
Xo'jasi unga haddan ko'p yuk ortar, ayiq yuk tashiyverganidan egnida hatto tuk 
qolmagan edi. Xullas, u bu dunyoda qancha jabru jafo bo'lsa, hammasini tatib ko'rgan 
edi. Ammo jaholati tufayli nafsida takabburlik ortib ketdi. Goh makru hiyla va xusumat 
toshi bilan qoplon boshini yanchib tashlayman, deb xayol qilar, goh dahshatli slier 
yo'liqsa ham, taom uchun uning qornini dadil yorib yuboraman. deb o'ylardi. U shu sifat 
har xil xom xayollarga berilib yurdi. Oxir-oqibatda uning o'zi bir kun itlarga yem bo'ldi. 
Shunday behuda aljirashing bilan xalq orasida sen ham xuddi o'sha ayiqning holiga 
tushgansan. 
LVII 
Shunqor uzri 
Shunqor shunday dedi: 
— Ey amriga hatto ogohlar ham tobe' bo'lgan to'da rahbari! Haq menga marhamat 
ko'rsatib, barcha qushlardan qudratliroq qilib yaratdi. Barcha shohlar men bilan 
faxrlanadi. Mening nomimni qushlar podshohi deb ataydilar. Chunki menga toj nasib 
etgan, boshimda oltin tumog'a — zar tojim bor. Mening barcha ahvolimni: qushlar 
orasida zotimni ham, otimni ham yaxshi bilasan. Bir shohning boshida toji bo'la turib, 
o'zga shohni istashi yaxshi emas-ku! O'zim shoh bo'la turib, nechun o'zga shohga tobe' 
bo'lishim kerak?! 
LVIII 
Hudhudning Shunqorga javobi 
Hudhud unga shunday dedi: 
— Ey bechora kaltafahm! Sening bu xayoling zotingga qo'rquvni orttiradi. Sen 
o'zingni shoh deb hovliqtirib ketyapsan, bu behuda xayoldan o'zga narsa emas! Ko'pgina 
zangilar aslida qop-qora bo’lgani holda xalq orasida ular "kofur" (oq) deb ataladilar. 
Darvoqe, nomlar orasida "sulton" va "shoh" tushunchalari keng tarqalgan, ularni hatto 
past, tuban kishilar ham o'zlariga nisbatan qo'llaydilar. Ammo har bir kishi o'zini er 
degani bilan er bo'laveradimi?! Qoiidan kelmaydigan ishni bajaraman deya oladimi? 
Nodon kishilargina seni shoh deb ataydi, xolos. Bu butni yoki olovni iloh deb atashga 
o'xshash bir narsa. Senga shaxmat shohini qiyos qilsa ham bo'ladi. U shunday bir 
shohki, uni har bir razil va pastkash odam istagan paytda havoga ko'tarib, yerga ura 
oladi. 
U shoh (Simurg') bilan sening shohliging o'rtasida yer bilan osmoncha farq bor. 
Senga o'xshab shohlik da'vo qilgandan gadolik ming marta yaxshiroqdir. 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə