Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111
 
CXLIII 
Hikoyat 
Abu Said (Ahmad binni Iso, 899-y.v.e.)visol daryosiga g'arq bo'lgan kishilardan edi. 
Uni vasf etishda aql ojizlik qiladi. Uning nomiga Xarroz — mahsido'z laqabi nisbat 
berilgan, kecha-kunduz qiladigan ishi matlub bilan sirdosh bo'lish edi. 
Bir kun Makkada duo vaqtida bir guruh kishilar haqdan murod istamoqqa mayl 
qildilar. O'sha avliyosifat kishilar haq sirlaridan ogoh bo'lib, taqvo va toat-ibodatlar bilan 
haqni istab munojot qilishar, barchalari u dargohga oshno bo'lmoq uchun yuzlarini 
Ka'baga surtar edilar. 
Lekin haqiqat xazinasining siri va vasl bog'i gullarining gulshani bo’lgan Abu Said bu 
paytda talab ahli ichra xomush, ko'ngli birlik jomidan behush edi. El duo o'qiyotgan 
paytda nogoh ularga qarab, og'ziga shu so'zlar kelar edi: 
- Alloh! Xalq har nimaniki talab qilayotgan bo’lsa, men mashaqqat chekmasdan 
topishga erishdim. El seni biziga matlub deb, senga yetishmoqni istaydi, men esa seni 
allaqachon topganman. Bu holatim bilan go'yo seni qidirishdan ko'z yumgan 
kishiga o'xshayman. Men sendan bir nafas ham ayriliqda emasman, zeroki, topilgan 
narsani orzu etish bema'nilikdir. Men-ku vasling ila maqsadimga erishganman, bu talab 
ahlini murodiga yetkazgil! 
 
CXLIV 
Yana bir qushning Hudhudga savoli 
Yana bir savol beruvchi dedi: 
— Ey bilimdon! Bu safar ko'nglimizni jarohatladi. Endi yo'l yurib shoh bazmiga oshno 
bo'lsak, aytgandek, unga behad nafis bir sovg'a ham olib borishimiz shart. Shohga 
qanday sovg'a ma'qul kelarkin, shundan bizni ogohlantirsang. 
 
CXLV 
Hudhudning javobi 
Hudhud dedi: 
- Sening bu savoling juda ham o'rinli. Darhaqiqat shohning oldiga biron sovg'a bilan 
borilsa, ko'ngildagidek ish bo'ladi. Sovg'a qilish uchun shunday bir narsa topish kerakki, 
u nihoyatda noyob, balki la'l bilan bezalgan toza durdan ham qimrnatbaho boisin. 
Ammo u xazinada qimmatbaho narsalar shunchalik behisobki, ularning oldida bu duru 
gavharlarga yo'l boisin? Qimmatbaho narsalar, deganimiz bu malaklarning toatu 
taqvolari, o'zini pok tutuvchilarning sharofatli nafaslaridir. U yerda zohid kishilarning 
ibodati ko'plab topiladi. Taqvoyu toat javharlari u yerda bisyordir. Payg'ambarlar 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
73
chekkan riyozatlar ham, avliyolar qilgan ibodatlar ham u yerda behisob. Bu yerda 
sharafga loyiq bo'lgan narsalar u yerda tuproq bilan teng turadi. 
Lekin u yerda eng yaxshi sovg'a faqat yonish va dard chekishdir! Bir zumlik g'amli oh 
chekishdan ortiq sovg'a bo'lmaydi. Chunki u joy izzat va ehtiyojsizlik koshonasi bo'lib, 
yuz tuman ming arshdan ham a'lo turadi. Unda yuksaklik, istig'no va noz haddan 
tashqari ko'pdir. Faqat ojizlik ko'rsatish va zaiflik bilan yolvorish u yerda topilmaydi. 
Sen o'zing bilan birga yolvorish va dard olib bor, zor jisrningni va g'amli joningni elt; 
chunki bu sovg'alar u dargohda yo'qdir. Bechoralik va notavonlik bilan shohdan ularni 
qabul etishini so'ra. Agar sen o'zingni unga oshno qilmoq istasang, uning huzuriga 
yonish, dard va fano bilan bor. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə