Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111
 
CXXX 
Hudhudning javobi 
Hudhud dedi: 
— Bu savolingga javob berishda ikki holatni ko'zda tutmoq kerak: kimki shohga 
beadablik qilar ekan, u bu dargohning o'z maxsus kishisi bo'lmog'i lozim. U o'zlik 
bandidan xalos bo'lib, "o'z"ga "u"lik bilan mansub bo'lmog'i kerak. Shunda bu har 
qanday so'z aytsa u degandek bo'ladi, ya'ni "bu"lik va "u"lik o'rtadan ko'tariladi. Chetdan 
qaraganda bu garchand jur'atdek tuyulsa-da, lekin ma'no yuzasidan u vahdat - birlikni 
bildiradi. Yoki kishi ishq savdosida past, ham oshiq, ham oshufta va mast bir majnun 
vaqtida o'z ixtiyori bo'lmasin. Ammo so'zlarida sarkashlik qilmasin: na kibr va na 
g'arazga yo'l qo'ysin. Ular faqat muhabbatdan iborat bo'lsa, unga loyiq keladigan narsa 
yo'q. Bunday kishi haq bilan mutjaqlikka erishadi-da, haqdan o'zga kalimani aytishga tili 
bormaydi. 
CXXXI 
Hikoyat 
Bir oliysifat devona kishi bor edi. Xalq unga "Majnun al-haq" ("Haq yo'lidagi devona") 
deb laqab qo'ygandi. Chunki haq yodi unga mahbub, tun-kun bu yod ila mag'lub edi. 
Biror so'z aytmoqchi bo'lsa, doimo haqqa xitob etar, javobini ham haq tilidan berar edi. 
Bir bahor ayyomida u baytulloh — Ka'bani ziyorat qilish niyatida Safarga chiqdi. 
Yo'lda ko'p mashaqqat tortdi, bundan jismi ozor topdi. U mingan ulov ham g'oyat zaif 
edi. 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
68
Atrofga qorong'ulik tushib, yomg'ir yog'a boshladi. Devona endi yo'lni davom ettirish 
qiyinligini bildi. Shu yaqin o'rtadagi bir vayrona joyni ko'rdi va eshagidan tushdi. 
Eshagini Allohga tolpshirib: "Ey Allohm, eshakdan xabardor bo'lib tur!"— dedi. 
Ulovini tashqariga qo'yib, o'zi vayrona ichiga kirdi. Bir ozdan so'ng uyqu g'olib kelib, 
boshi ostiga bir kesak qo'ygancha ko'zi uyquga ketdi. Eshak tashqarida qoldi. 
Devona uyquga ketgach, bahor bulutlari sharros quya boshladi. Vayrona ichiga har 
yondan tomchi o'tib, telbaning uyqusini uchirib yubordi. U o'rnidan turib, yomg'ir 
tinishini vayronada kutdi. Nihoyat, yomg'ir tinib, telba tashqariga chiqdi. Qarasa, eshagi 
yo'q! Bundan u behad iztirobga tushib, Allohga g'azab bilan xitob qila boshladi: 
- Men senga eshagimni topshirib edim, sen esa menga bag'oyatda yaxshi karam 
ko'rsatib, uni qoyil qilib asrading! El sehing mehmonligingga borsa-yu, eshagini vodiyga 
qo'yib yuborib, sening ixtiyoringga topshirsa, sen esa beparvolik ko'rsatib, g'aflat ichra 
unga qarashni unutib qo'ysang?! Eshagimni asramoqni o'zingga or bilib, qorong'u tunda 
uni ko'rinmaydigan qilib qo'yding!!! 
Telba achchig'langancha g'o'ldirab, yo'qolgan eshagini pastu balanddan qidirardi. Shu 
payt juda ravshan bir chaqmoq chaqilib, butun olamni nurga to'ldirib yubordi. Qarasa, 
eshagi xas-xashakka og'iz urib o'tlab yurgan ekan. Telba uni ko'rib, quvonib ketdi va 
eshagiga minib yana yo'lga ravona bo'ldi. Qahridan tushib, haqqa endi lutf bilan 
mehribonchilik ko'rsata boshladi: 
- Ey mening jism aro jonim Alloh, balki senga yuz jonim fido boisin! Garchi o'shanda 
eshagimga qaramay, ko'zdan yashirib, bo'yniga arqon boglamagan eding. Shu vajdan 
menda beqarorlik yuzlandi, qahrim bilan senga oliftalik qildim. Chunki men eshakni 
senga topshirgan edim-da, sen esa omonatni menga topshirishda hayallading. Ammo 
meni g'amgin holda ko'rib, tabdir ham topding. Chorasozlik qilib, chaqmog'ingni chaqib, 
ko'z yoritar mash'alingni yoqding. Ko'zimga eshagimni ko'rsatib, o'z lutfu inoyatingni 
izhor etding. 
Garchand men sening bu ishingdan g'azablanishga to'la haqli bo'lsam ham, lekin sen 
qilish mumkin bo'lmagan ishlarni qila oladigan, tushunish qiyin narsalarni 
tushunadigansan; shuning uchun menga e'tibor qilib, yo'qolgan narsamni topib berding. 
Bu bilan sen aytgan gaplarim uchun meni majolsiz bir holga solding, sharmandai 
sharmisor etding. 
Sen nima ish qilgan bo'lsang, men tamom unutdim. Sen ham oradan ko'ngilsizlikni 
ko'tar, lutfingni izhor qil. O'tgan ishni unutib, hozir men qat'iy bir fikrdaman, sen ham 
unutsang yaxshiroq bo'lardi. Axir men seni hech qachon hijolatga solib qo'ymayman. 
Sen ham meni uyaltirmagin. Men seni voqeada afv etdim, sen ham endi mendan 
ko'nglingni sof tut!
Devona shu so'zlarni aytib, har dam o'zini o'zi maqtar, Allohga ham turli 
mehribonchilik ko'rsatar edi. Telba aytgan bu so'zlar garchand nomaqbul bo'lsa-da, 
muhabbat tufayli sodir bo'lgani uchun maqbul edi. 
Agar har bir majnun Allohga shuningdek sir aytsa, u beibolik va erkalik qilmog'i 
mumkin. Chunki bunday kishilar Allohga suyuklidir. Suyukli kishining esa har bir qilgan 
ishi yoqimlidir. 
CXXXII 
Yana bir qushning Hudhudga savoli 
Yana bir savol beruvchi dedi: 
— Ey yo'l kezuvchi! Men o'zgadan butunlay ozod va holi bo'lganman. Alloh xayoli 
bilan o'zimni doimo xush tutaman, zora bir kun uning visoliga yetsam, deyman. Men 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə