Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • CXXVI
www.ziyouz.com
кутубхонаси
66
etilgan ekan, bundan uning himmat dengiziga iztirob tushibdi. U Allohga kishilarni bu xil 
mashaqqatdan xalos qilmoq uchun shunday munojot qilgan ekan: 
- Ey Alloh! Barcha do'zax ahlini: xoh u keksayu yosh, xoh u yuqori yoki quyi tabaqa 
vakili boisin - barchaning qilgan gunohidan o'tgil! Ularni yorlaqab, marhamat ko'rsat va 
hammasini do'zaxdan ozod qil! Bu ishni qilish sen uchun oson, ularning boru yo'qligi 
senga baribir.. 
Bunga rozi bo'lmasang, menga shunday jism ato etgilki, u bilan butun do'zaxni 
to'ldirib yuboray. Agar maqsading odamlarga azob berish bo'lsa, u holda bu notavonlar 
o'rnini, mayli, men egallay! 
Yuksak himmat egasi bo'lgan olijanob rind shafoat kunida haqqa shunday xitob qilar 
ekan. 
Kimki bunday himmat egasi bo'lsa, unga buning evaziga shunga loyiq mukofot hadya 
etiladi. Himmat humoyi o'z qanotlarini yoygach, undan yuz tuman ming xalq najot 
topadi. 
CXXVI 
Yana bir qushning Hudhudga savoli 
Yana bir savol beruvchi so'radi: 
- Ey pok sayr etuvchi, kishida insof bor bo'lsa, buning ehsoni nimadan iborat bo'ladi? 
Haq menga insofli bo'lishni qismat etib, jonimga ana shunday ne'rhatni ozuqa qildi. Agar 
kishida shu xil sifat bo'lsa, u Alloh huzuriga yetisha oladimi? 
CXXVII 
Hudhudning javobi 
Hudhud shunday dedi: 
— Bu yaxshi gap. Bu odat hamma kishilar oldida e'zozlanadi. Odam uchun yaxshi 
sifatlar ko'p, ammo ular ichida eng sharaflisi insofdir. Kimningki insofi yo'q ekan, u inson 
sanalmaydi. Kishining fe'1-atvorida insofsizlikdan ortiq nuqson bo'lmaydi. Bu sifat 
haqiqiy 
mardlarning ishidir, har qanday kishi ham unga yetavermaydi. Noinsof kishi — odam 
emas. Odam insof istamaydi, ammo beradi. Haqiqat ahli kishilardan insof talab qilmaydi, 
chunki ularning o'zi insof egasidir. Agar kimki o'zi insofli bo'lmasdan, o'zgadan 
insof talab qilsa, u haqiqiy noinsofning o'zginasidir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə