Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111
CXXVIII 
Hikoyat 
Xo’ja Muhammad Porso(Bahouddin Naqshband shogirdi. Vafoti - 1419-y.) ismli oliy 
nasabli dinparvar Xoja Makkani ziyorat qilmoq uchun islom Ka'basi tomon yo'lga chiqdi. 
Xoja Abu Nasr(vafoti – 1460-y.) uning xizmatkori, xodimi, farzandi va eng yaqin kishisi 
edi. Ular maqsadga musharraf bo'lgach, buning uchun ma'budga shukrona bildirdilar. 
Har nimaki farz bo'lsa, o'shani ado etdilar, maqsad - xalqning hajini duo orqali qabul 
ettirish edi. Xalq hamjihatlik bilan bu ishni qabul etishni Xojaga topshirishgan edi. Olti 
yuz ming haqni izlovchi yo'lovchilar Xojaga bu iltimosni tayin qilishdi. 
"Qudsiya" va "Faslul-xitob" kabi asarlarning sohibi bo'l-gan Xoja jamoatga qarab 
shunday javob berdi: 
— Menga bu ishni bajarishni topshiigan ekansiz, men aytganlaringizdan tashqariga 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
67
chiqmayman. Ammo bu ishni bajaruvchi kishi hech shubhasiz fazlu kamolda yuksak va 
insof olamida yakkayu yagona bo'hshi kerak, shuning uchun bu vazifa menga emas, 
balki Abu Nasrga munosibdir. Yaxshisi, asr kishilari haqiga u duo qila qolsin. 
Xoja Abu Nasrni shu yanglig' ta'rif bilan elning duosini o'qishni unga taklif qildi. U 
ko'rsatgan bu insof va ehsonni kishilar boshdan-oyoq sidqidillik bilan qabul etishdi. 
Xoja Abu Nasr minbarga chiqib, el haqiga duo o'qidi. Xalq hojatini chiqarish uchun 
Alloh oldida munojotlar qildi. Xoja esa minbar yonida chin dildan uzluksiz ravishda 
"omin" deb turdi. 
Duo oxiriga yetgach, minbar ustidagi kishi shunday dedi: 
— Ey qudratli Alloh! Agar mening duolarim mustajob bo'lmasa, pastda turganning 
"omin"ini zoye' qilmagil! 
Bu so'zlami eshitgan olti yuz ming kishi faryod chekib, kattayu kichik zor-zor yig'ladi. 
Odamlar ularga oforinlar aytib, ham otasi, ham o'g'li insofiga qoyil qolishdi. 
Shunday qilib, inson uchun insofdan yaxshiroq sifat bo'lmaydi, buni faqat ma'rifatsiz 
kishilargina anglamaydi. 
CXXIX 
Yana bir qushning Hudhudga savoli 
Yana bir savol beruvchi so'radi: 
— Yig'in orasida bandasiga adabsizlik qilish joizmi? Sidra daraxti ustida o'tirgan 
yuksak martabali qushga oddiy bir qush adabsizlik ko'rgizsa va bu xatti-harakati bilan 
burgut jur'atini namoyon etsa, natijasi qanday bo'ladi? Yo'qsa, bu takabburlik deb 
hisoblanadimi? 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə